"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning boshqa bir sobiq futbolchisi Lotar Matteusga javob qaytardi. Eslatib o‘tamiz, nemis mutaxassisi avvalroq Vensan Kompani qo‘l ostida "Bavariya" Xosep Gvardiola davridagidan yaxshiroq natijalar ko‘rsatishini aytgandi.
“Mavsum endigina boshlandi. Oktyabr oyining boshi va odamlar allaqachon aqldan ozgan. To‘xtating. Odamlarning Gvardiola ko‘rsatgan futbol haqidagi fikrlari Kompani qo‘l ostidagi “Bavariya” ikkita yomon o‘yin ko‘rsatgandan keyin keskin o‘zgarishi mumkin. To‘g‘ri, "Bavariya" dastlabki uch haftani juda yaxshi o‘tkazdi. Agar ular kuchli jamoalarga qarshi ham mana shunday kurashda davom eta olsa, men ham ushbu maqtovlarga qo‘shilishdan xursand bo‘laman. Ammo hozirgi “Bavariya” Gvardiola davridagidan yaxshiroq deyish mumkinmi? Barcha gapni ehtiyotkorlik bilan gapirish kerak”, - dedi Kroos Einfach Mal Luppen nashriga bergan intervyusida.
"Bavariya" Bundesliganing ortda qolgan 5 ta turidan 4 tasida g‘alaba qozondi va 1 ta o‘yinda durang qayd etdi. Kompani boshchiligidagi jamoa 13 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan