
Tojikistonda yakuniga yetib borayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. -100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muhammadsodiq Sodiqov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Yurtdoshimiz finalda dzyudo vatani — Yaponiya vakili Nozomu Mikidan ustun keldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik bellashuvlarini 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan yakunladi. Ertaga aralash jamoaviy dasturdagi bahslar o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar