
O‘zbekiston kubogi finalida "Navbahor" klubi "Andijon"ga so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Navbahor"ga bugun g‘alabani ushlab qolishga nima yetishmadi?
- Konsentratsiya. Bunday zarbalarni mingtasidan bittasi kiradi. Ikkita standartdan urilgan gollar bu qo‘pol xato bo‘ldi. Personal o‘ynashdagi xatolar qimmatga tushdi.
Penaltilarga nega jamoa tayyorgarlik ko‘rdi?
- Albatta, bu doim kubok o‘yinidan oldin bo‘ladigan holat. Barcha bunga tayyorlanadi. Bu normal holat.
"Navbahor"ni o‘yinidan qoniqdingizmi?
- 99 foiz. Yigitlar biz so‘ragan narsani qilib berishdi. Muammolarimiz bor ekanligini bildik. Ular yaxshi o‘ynashdi. Ayniqsa markaziy himoyachilari. Bundan ortiq hech narsa qila olmas edik. Menda hech kimga e’tiroz yo‘q.
Rahbariyat sizga ishonishda davom etadimi?
- Bu savol menga emas. Buni rahbariyat hal qiladi.
Homyakovga yutqazdingizmi?
- Ha, haqli ravishda yengildik. Kim gol ursa, shu g‘olib bo‘ladigan o‘yin edi. Nima bo‘lganda ham men hozir sizga buni tushuntira olmayman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar