Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (4:2) bahsidan so‘ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin haqida fikrlarini quyidagicha bayon qildi.
"Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emas edi, ammo o‘yin g‘alati hodisalar bilan o‘tdi. O‘yindan tashqari holat va penalti. Ushbu gollarni hisoblashdi, bilmadim, balki VAR vaziyatni boshqacha ko‘rgan bo‘lsa kerak. Men ko‘rgan takrorda o‘yindan tashqari holat bor edi. Hisobni tenglashtirib oldik va o‘yindagi ustunlik biz tomonga o‘tishi kerak edi, lekin yo‘q joydan yana penalti.
Uchinchi goldagi vaziyatda, 99-raqamli futbolchi ofsaydda edi, ammo u to‘pga harakatlanmoqda. To‘p uning yonidan o‘tib ketdi va himoyachining qo‘liga tegdi. Juda bahsli holat. O‘yin shunday tus oldi va yakunda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Shuningdek, VAR tekshiruvi uchun bo‘lgan pauzalar, hakam futbolchilar bilan suhbatlashdi. Bularning barchasi o‘yin tempiga ta’sir qildi. To‘xtalishlar muxlislarga qiziq bo‘lgan bo‘lishi mumkindir, ammo bizga hech qanday keragi yo‘q edi", - deya fikr bildirdi Vadim Abramov.
- "Dinamo"ning bugungi o‘yinga tayyorlagan rejasi qanday edi? Sababi jamoangiz ikkita golini ham "Paxtakor"ning xatolaridan so‘ng urdi. "Paxtakor"ning paslarini olib qo‘yish va jamoani ko‘proq xatoga majbur qilish rejangizda bormidi?
- Biz "Paxtakor"ni o‘rganib chiqqandik. Afsuski, bizda tarkib bilan muammolar bor edi, ushbu kamchiliklarimizni imkon qadar berkitishga harakat qildik. Raqibimiz OCHLda o‘yin o‘tkazgani ham o‘z ta’sirini o‘tkazganini bilardik. Birinchi bo‘limda shunday o‘ynash rejamiz, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak edi. Afsuski, qanday gollar o‘tkazib yuborganimizni o‘zingiz ko‘rdingiz.
- "Dinamo" jamoasi uzoq masofadan yaxshi zarba berishi va ushbu usulni ko‘p qo‘llashini bilamiz, biroq jamoangiz bugun jarima maydonchasi tashqarisidan deyarli zarba bermadi. Yagona xavfli zarbani Hislat Halilov o‘yin so‘ngida amalga oshirdi. Bugun jamoangiz uzoqdan kam zarba berganiga nima sabab bo‘ldi?
- Bunga bir nechta sabab bor. Har bir jamoa raqib qanchalik o‘ynashga qo‘yib berganidan kelib chiqib o‘yin namoyish etadi. "Paxtakor" ham bizning ustun tomonlarimizni o‘rganib chiqqani aniq edi. Umumiy qilib olsak, biz to‘pni yaxshi ushlay olmadik. Uzoq masofadan zarba bermaganimiz asosiy sabab bo‘la olmaydi. Bugungi o‘yinimiz menga umuman yoqmadi. Balki o‘yin soat 14:00da o‘tkazilgani o‘z so‘zini aytgandir.
- "Dinamo" himoyachilarining bugungi o‘yiniga baho berib o‘tsangiz? To‘g‘ri, bahsli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo himoyachilar ham ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishdi va yo‘q joydan gollar o‘tkazib yuborishdi.
- Shubhasiz, buning barchasi o‘yin sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Birinchi pasning yo‘qligi juda pand berdi. Himoyachilarimiz to‘psiz ko‘p yugurishlari kerak edi. Hujumchilarimizga ham to‘p juda kech yetib bordi. Bularning barchasi yakuniy natijaga ta’sir ko‘rsatdi.
- Hislat Halilov so‘nggi uchrashuvlarda juda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda, ammo u asosiy tarkibdan joy olmayapti. Buning sababi nimada? Halilov uchrashuvni birinchi daqiqalardanov boshlashi uchun nima yetishmayapti?
- Har bir o‘yinga reja tuzib chiqamiz. Shu rejaga ko‘ra ish tutamiz va Hislatning eng kuchli jihatlaridan imkon qadar yaxshiroq foydalanish asosiy maqsadimiz. U zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni kuchaytirib yubora oladigan sanoqli futbolchilardan biri. O‘yinga qo‘shilib keta oladigan futbolchilar juda kam. Halilov himoyada yaxshiroq o‘ynashni o‘rganishi kerak. Ushbu jihat ustida yaxshiroq ishlasa, boshqa darajali futbolchiga aylanadi.
- Joel Kojoning yo‘qligi jamoangizga qanchalik qiyinchilik tug‘dirdi?
- Ta’sirini o‘tkazdi, lekin usiz ham bugun yomon o‘ynadik. Kojo maydonda bo‘lganida "Paxtakor" himoyachilariga qiyinroq bo‘lardi. Bilmadim, bu haqda fikr bildirish noto‘g‘ri.
- So‘nggi uchta o‘yinda jamoangiz darvozasiga uchta 11 metrlik zarba belgilandi. Ushbu holatga izoh berib o‘tsangiz?
- Har doimgidek. Biz hech qachon penalti tepmaymiz, bizning darvozamizga esa tepishadi. O‘tgan turda Kojoga nisbatan fol bor edi va penalti belgilanishi kerak edi. Bunday vaziyatlarda qanday penalti belgilashmaydi, bilmadim to‘g‘risi. Takrorlarni ko‘rib chiqaman va qanday qilib penalti belgilanmaganligiga hayron qolaman. Men balki futbolni yaxshi tushunmasdirman. O‘sha vaziyatda raqib futbolchisi umuman to‘pga o‘ynamagandi-ku. Birinchi davradagi "Paxtakor"ga qarshi o‘yinimizda ham bizning darvozamizga "dahshatli" penalti belgilashgandi. To‘p futbolchining jimjilog‘iga tegib ketgani uchun 11 metrlik zarba tayinlangandi. Hech kim tushunmay qolgandi, nega bunday qaror qabul qilinganiga. VAR ham o‘sha vaziyatni yarim soat davomida tekshirib chiqqandi. O‘zingiz ko‘ryapsiz, so‘nggi uchta o‘yinda uchta penalti. Tushunarsiz holat. Balki "Paxtakor" nomi futbolchilarimga noto‘g‘ri ta’sir qilgandir.
- Keyingi uchrashuv "Navbahor"ga qarshi FIFA kunlari doirasida bo‘lib o‘tadi. Hujum chizig‘i yetakchisi Joel Kojo katta ehtimol bilan Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga jalb etiladi. Kojosiz o‘ynash qiyin bo‘lmaydimi?
- Biz "Navbahor"ning iltimosiga yo‘q demadik va ularnig taklifiga rozilik bildirdik. Ularda Kubok bahsi bor edi. Biz Kojosiz ham o‘ynagandik. Kojo qishdagi yig‘inni o‘tkazib yuborgandi. "Navbahor" tarkibidagi ko‘pgina futbolchilar ham terma jamoaga chaqirilishi aniq. Bu normal holat. Bir futbolchiga bog‘lanib qolgan jamoani professional jamoa deb qabul qilish noto‘g‘ri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan