17:34 / 28.09.2016
6 046

Tashkent Open: Ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Tashkent Open: Ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Tashkent Open juftlik bahslarida O‘zbekistonning uch vakilasi ishtirokini davom ettiradi.

Ayollar tennis assosiasiyasi (WTA)ning xalqaro Tashkent Open musobaqasi to‘rtinchi kuni (27 sentyabr)da yakkalik bahslarda ikkinchi davraning barcha ishtirokchilari nomi aniqlandi, juftlik bellashuvlarida esa o‘ynalmagan bir uchrashuv qoldi.
Birinchi davrada gruziyalik Sofiya Shapatova Tashkent Open`ning uchinchi raqamli raketkachisi Chagla Byuyukakxay (Turkiya) bilan bahs olib bordi va raqibasini 6/1 6/4 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi.
Britaniyalik Naomi Broudi esa shveysariyalik Amra Sadikovichdan 6/4, 7/5 hisobida ustun keldi.
Yaponiyalik Risa Odzaki va bolgariyalik Elisa Kostova uchrashuvi 2 soatu 15 daqiqa davom etdi. Birinchi setda mag‘lub bo‘lgan yapon tennischisi uchrashuv oxirida 2:1 — 3/6 6/4 6/1 hisobi bilan g‘alabani naqd qildi

Birinchi davraning so‘nggi uchrashuvlari natijalari

[LL] Sofiya Shapataeva (Gruziya) vs. Chagla Byuyukakchay (Turkiya) — 6/1 6/4;
Francheska Skyavone (Italiya) vs. [7] Sorana Kirstya (Ruminiya) — 7/5 6/2;
Katerina Kozlova (Ukraina) vs. [WC] Donna Vekich (Xorvatiya) — 6/1 7/6(3);
[8] Naomi Broudi (Buyuk Britaniya) vs. Amra Sadikovich (Shveysariya) — 6/4 7/5;
[6] Lesya Surenko (Ukraina) vs. Evgeniya Rodina (Rossiya) — 6/0 6/2;
[2] Kirsten Flipkens (Belgiya) vs. Ana Bogdan (Ruminiya) — 7/6(7) 6/3;
Risa Odzaki (Yaponiya) vs. Elisa Kostova (Bolgariya) — 3/6 6/4 6/1;
Patricha Mariya Tig (Ruminiya) vs. Vitaliya Dyachenko (Rossiya) — 4/6 6/4 6/3;
[Q] Ipek Soylu (Tursiya) vs. Silviya Soler-Espinosa (Ispaniya) — 6/0 6/2;
Irina Xromacheva (Rossiya) vs. Tereza Martinsova (Chexiya) — 4/6 6/3 6/3;
Kristina Pliskova (Chexiya) (CZE) vs. Sara Sorribes Tormo (Ispaniya) — 6/3 3/6 6/4.
Juftlik bahslarida O‘zbekiston vakilasi Polina Merenkova ukrainalik Dayana Yastremska bilan Nao Xibino (Yaponiya) va Pratana Tombare (Hindiston) juftligiga qarshi kortga chiqib, uch set yakuniga ko‘ra 4/6 6/3 10/8 hisobida g‘alaba qozondi.

Juftlik bellashuvlari yakunlari

[WC] Polina Merenkova (O‘zbekiston) / Dayana Yastremska (Ukraina) vs. Nao Xibino (Yaponiya) / Pratana Tombare (Hindiston) — 4/6 6/3 10/8;
[2] Nikol Melichar (AQSh) / Varatchaya Vongtinchay (Tailand) vs. Lenka Kunsikova (Chexiya) / Karolina Stushla (Chexiya) — 6/4 6/2;
[3] Demi Shuurs (Gollandiya) / Renata Vorachova (Chexiya) vs. Aleksandra Pavlova (Rossiya) / Evgeniya Rodina (Rossiya) -3/2.

28 sentyabr kuni juftlik bahslarida Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova bahslarni davom ettiradi.

Manba; gazeta.zu

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tashkent Open: Ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi