Bugun World Boxing Prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov hamda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov qarshi olishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yig‘ilishda World Boxing Prezidenti tashkilot faoliyati, uning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bugungi kunga kelib, 49 davlat ushbu xalqaro federatsiyaga a’zo bo‘lib, boks rivoji bo‘yicha kelgusida qator istiqbolli loyihalar rejalashtirilgan.
Suhbat davomida boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 7 ta vazndan 5 tasida oltin medalni qo‘lga kiritgani, bugungi kunda O‘zbekiston boks olamida jahonda yetakchilardan biri ekani ham tilga olindi. Qolaversa, rasmiylarimiz boksning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanib qolishi tarafdori ekanini bildirishdi.
Hozircha O‘zbekiston tomoni rasman Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) a’zosi hisoblanadi. IBA esa Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bilan ziddiyatli vaziyatga kelgan va XOQ navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida IBA ga a’zo mamlakat sportchilarini qatnashmasligini ma’lum qilgan edi. Shu sababli katta ehtimol bilan mamlakatimiz boks federatsiyasi ham IBA ni tark etib, Boris van der Vorst rahbarlik qilayotgan World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi