15:00 / 29.09.2016
7 535

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri bo‘lib o‘tadi

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri bo‘lib o‘tadi

Poytaxtda to‘rtinchi bor dzyudo bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi.

6−8 oktyabr kunlari Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida dzyudo bo‘yicha to‘rtinchi Gran-pri bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasidan har bir vazn toifasidan to‘rt nafardan, jami 56 dzyudochi (28 erkak, 28 ayol) ishtirok etadi.

Bellashuvlar 14 vazn toifasida o‘tkaziladi (erkaklar: -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg, +100 kg; ayollar: -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, -78 kg, +78 kg). Musobaqa shartiga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlanadi: birinchi o‘rin — oltin medal va 3000 dollar (dzyudochi — 2400, murabbiy — 600), ikkinchi o‘rin — kumush medal va 2000 dollar (dzyudochi — 1600, murabbiy — 400), ikkita uchinchi o‘rin — bronza medali va har biri 1000 dollardan (dzyudochi — 800, murabbiy — 200).

Grand Prix Tashkent 2016 rasmiy posterida o‘zbek dzyudochilari Gulnoza Matniyozova (-70 kg), Abdulla Tangriev (-100 kg) va Sharofiddin Lutfillaev (-60 kg) tasvirlangan.


Gran-pri turkumidagi musobaqalar har yili 10 davlatda tashkil etiladi. Toshkent 2016 yilga qadar ketma-ket to‘rt yil mazkur bellashuvlarni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Manba: "gazeta.uz"

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri bo‘lib o‘tadi