
JCh-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun, 10 oktyabr kuni Eron, 15 oktyabr kuni esa BAA terma jamoasi bilan uchrashadi.

Kecha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov ana shu oʻyinlar oldidan milliy terma jamoa a'zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ushbu bahslarning ahamiyati, gʻalabalar orqali Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga yaqin kelishimiz mumkinligi haqida soʻz bordi.

Bosh murabbiy Srechko Katanets betobligi sabab yigʻinga kela olmaganiga qaramay, jamoa bor kuchini ishga solgan holda, ijobiy natija qayd etishiga ishonch bildirildi. Bu borada yordamchi murabbiylar zimmasida ham katta mas'uliyat boʻlishi ta'kidlandi.

Oʻz oʻrnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli koʻrsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich boʻlajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar