
Kikboksing bo‘yicha jahon birinchiligida o‘zbekistonliklar to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.
Kikboksing bo‘yicha Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
20 dan ziyod mamlakatning 1000 nafardan ortiq sportchisi ishtirok etgan musobaqalarda Nodir Xudoyberdiev 69 kg gacha vazn toifasida o‘z raqiblaridan ustun kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Normuhammad Rahmonberdiev esa o‘z vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Meroj Istamshoyev vaShohjahon Mahamatov «bronza» sohiblariga aylandi.
Manba:"gazeta.uz" “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar