date
views 164

Xosep Gvardiolaning yangi jamoasi ma'lum boʻldi

Xosep Gvardiolaning yangi jamoasi ma'lum boʻldi
Manchester Siti”ning Angliya Premer-ligasining eng qudratli jamoasiga aylantirgan Xosep Gvaridiola yozda klubni tark etishi kutilmoqda.

Aslida joriy mavsum oxirida ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi tugaydi. Klub u bilan hamkorlikni davom ettirishdan mantfaatdor. Biroq Pepning oʻzi kelajagi boʻyicha joʻyali xabar aytmay kelmoqda.

Todofichajes nashrining ma'lum qilishicha, Gvardiolani Angliya futbol federatsiyasi terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlamoqchi boʻlyapti. Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketganidan uning oʻrnini vaqtincha Li Karsli bajarib turibdi.

Shunga qaramay, Angliya futboli rahbarlari mamlakatning bosh jamoasini jahon futbolida oʻz oʻrniga ega boʻlgan kuchli mutaxassis boshqarishini istayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiolaning yangi jamoasi ma'lum boʻldi