Italiya futbolini yoritayotgan manbalar “Roma” hujum chizig‘idagi vaziyatni tahlil qilmoqda. Xususan, o‘tgan yoz “Jirona”dan katta summaga transfer qilingan Ispaniya chempionati to‘purari Artyom Dovbik rimliklarga samara keltirib, oxirgi uchrashuvlarda muntazam gol urmoqda.
Biroq zamonaviy futbolda bir o‘yinchi har doim barcha o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi. “Roma”da ukrainalik futbolchidan tashqari faqatgina bitta markaziy hujumchi – Eldor Shomurodov bor.
29 yoshli o‘zbek legioneriga yangi bosh murabbiy Ivan Yurich ham yetarli darajada o‘yin amaliyoti berayotgani yo‘q. Shomurodov avvalgidek faqat so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirilyapti. Besh-o‘n daqiqa nafaqat o‘zini ko‘rsatish, balki o‘yinga kirishib ketish uchun ham yetmay qolyapti.
“Roma” qishki transferlar vaqtida bir necha o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Ulardan biri Eldor Shomurodov o‘rniga Artyom Dovbikka o‘rinbosar olib kelish. Rimliklarning mo‘ljali avval “Udineze”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilib, “Everton”ga o‘tganidan keyin zaxiraga mixlanib qolgan portugaliyalik Betoni transfer qilishdan iborat.
Ayni paytda ikki manba “Roma”ga “Shomurodov ma’qulmi yoki Betoni transfer qilish kerakmi?”, degan mavzuda mulohaza yurityapti.
AZSCORE.FR:
“Roma” Ispaniya chempionati to‘purari Artyom Dovbikni “Jirona”dan olish uchun ancha mehnat qilishiga to‘g‘ri keldi. Rimliklar ukrainalik hujumchi uchun kurashda bir necha klublar, xususan, Dovbikni Ispaniyada olib qolishga uringan “Atletiko Madrid” bilan jiddiy raqobatga kirishdi.
Artyom Dovbik “Roma”da to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlaganidan keyin Rim klubi mutasaddilari endi Eldor Shomurodovni to‘liq transfer qilish yoki ijaraga berib yuborishni rejalashtiryapti.
Bu yo‘l orqali klub o‘zbek hujumchisining muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga yordam bermoqchi. Ular Artyom Dovbikka o‘rinbosar sifatida “Everton”dagi portugaliyalik hujumchi Betoni olib kelish payida. Ilgari “Udineze”da o‘ynab, tajriba to‘plagan bu o‘yinchi Angliya jamoasida asosan zaxirada qolib ketmoqda.
CHIESADITOTTI.COM:
Mavsumning boshidayoq Eldor Shomurodov nihoyat “Roma”ga munosib o‘yinchi bo‘libdi, degan fikr uyg‘ongan edi. Lekin oxirgi xabarlarga qaraganda, klub uning o‘rniga boshqa markaziy hujumchi qidirayotgan ekan.
“Jenoa”da sakkizta gol urganidan keyin 2021 yili 20 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga “Roma”ga olib kelingan Shomurodovga katta umid bog‘langandi. Lekin vaqt o‘tishi bilan o‘zbek futbolchisi zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. “Spetsiya” va “Kalyari”dagi ijara muddatlari ham yetarli saramara bermadi.
Yangi mavsum boshida Eldor Shomurodov “Empoli”ga qarshi uchrashuvda o‘ziga berilgan bir necha daqiqa ichida gol urdi. Shu gol tufayli “Roma”da olib qolingan o‘zbek futbolchisi zaxiraga mixlandi va 25 avgustdan beri barcha musobaqalarda jami 108 daqiqa harakat qildi xolos.
Endi “Roma” mutasaddilari 2021-2023 yillarda “Udineze”da o‘ynab, A Seriyada 21 ta gol urgan Betoni olib kelmoqchi. Portugaliyalik hujumchi 25 million yevro evaziga 2023 yilning avgustida “Everton”ga ko‘chib o‘tdi. Hozirga qadar 43 ta bellashuvda oltita gol urdi.
Bizningcha, “Roma” yana bir samaradorligi past hujumchi olishiga ehtiyoj yo‘q. Chunki Eldor Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Qolaversa, Betoning shartnomasi yana uch yil davom etadi va maoshi ham har mavsum uchun ikki million yevrodan oshadi. Bu holatda Eldor Shomurodovdan foydalanish yaxshi yechim bo‘lib qolmoqda.
Shomurodov, Roma, Beto, Transfer, Hujumchi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?