JCH-2026 saralashi. Yaponiya va Avstraliya ochkolarni bo‘lib olishdi

JCH-2026 saralashi. Yaponiya va Avstraliya ochkolarni bo‘lib olishdi
Bugun Osiyo qit’asida JCH-2026 3-saralash bosqichi 4-tur o‘yinlari start oldi. "S" guruhi doirasida yakka peshqadam Yaponiya o‘z maydonida Avstraliyani qabul qildi.

Qiziqarli bellashuvda 2 ta gol urildi. E’tiborlisi, har ikkisi avtogol! Avvaliga Shogo Taniguchi 58-daqiqada Avstraliyani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Kameron Berdjess yaponlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

JCH-2026 3-saralash bosqichi
"S" guruhi, 4-tur

"Saitama stedium 2002", Saitama

Yaponiya - Avstraliya 1:1
Gollar
: Kameron Berdjess 76 (avtogol) - Shogo Taniguchi 58 (avtogol)

Yaponiya: 1.Zion Suzuki, 3.Shogo Taniguchi, 4.Kou Itakura, 5.Xidemasa Morita, 7.Kaoru Mitoma, 8.Takumi Minamino, 9.Ayase Ueda, 10.Ritsu Doan, 16.Koki Machida, 17.Ao Tanaka, 20.Takefusa Kubo.
Zaxira: 12.Keisuke Osako, 23.Kosei Tani, 2.Yukinari Sugavara, 6.Joel Chima Fujita, 11.Daizen Maeda, 13.Keito Nakamura, 14.Yunya Ito, 15.Daichi Kamada, 18.Genri Mochizuki, 19.Koki Ogava, 21.Reo Xatate, 22.Ayumi Seko.

Avstraliya: 18.Jo Gauchi, 3.Lyuis Miller, 5.Jordan Bos, 8.Jeyson Geria, 10.Aydin Xrustich, 14.Rayli Makgri, 15.Mitchell Dyuk, 19.Garri Suttar, 20.Lyuk Brattan, 21.Kameron Burgess, 22.Jekson Irvin.
Zaxira: 1.Metyu Rayan, 12.Paul David Izzo, 2.Tomas Deng, 4.Kay Roules, 6.Patrik Yazbek, 7.Nishan Velupilay, 9.Apostolos Stamatelopoulos, 11.Nestori Irankunda, 13.Daniel Arzani, 16.Aziz Bexich, 17.Kianu Bakkus, 23.Kreyg Gudvin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar