11:38 / 16.10.2024
34

O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 4-turdan so‘ng keskin oshdi

O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 4-turdan so‘ng keskin oshdi
Foto: “O‘FA”
We Global Football nashri 4-tur o‘yinlaridan so‘ng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri JCH—2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.

O‘zbekistonning imkoniyati kechagi g‘alabadan so‘ng keskin oshdi — 93,1% (3-turdan so‘ng 82,8% edi). Qatar mag‘lubiyatdan so‘ng Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari tushib ketdi.

X (Twitter)
1. Yaponiya — 99.99%
2. Eron — 99.6%
3. Janubiy Koreya — 99.5%
4. O‘zbekiston — 93.1%
5. Avstraliya — 75.1%
6. Iroq — 53.4%
7. Iordaniya — 41.6%
8. Saudiya Arabistoni — 16.7%
9. Bahrayn — 7.9%
10. Ummon — 5.4%

Terma jamoalarning 4-bosqichga o‘tish imkoniyati esa quyidagicha baholangan:

1. Qatar — 88.0%
2. BAA — 88.0%
3. Ummon — 79.5%
4. Saudiya Arabistoni — 72.0%
5. Bahrayn — 69.5%
6. Iordaniya — 57.4%
7. Iroq — 45.8%
8. Avstraliya — 24.2%
9. Indoneziya — 21.0%
10. Xitoy — 13.3%

Ma’lumot uchun, 4-turda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z uyida BAA ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. Eron jamoasi BAAda o‘tgan o‘yinda Qatarni, Qirg‘iziston jamoasi esa Shimoliy Koreyani mag‘lub etdi.

O‘zbekiston 5-tur uchrashuvini safarda o‘tkazadi. 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda O‘zbekistonga Qatar raqiblik qiladi.

O‘zbekiston, Jahon chempionati, Chiqish imkoniyati, Keskin oshdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 4-turdan so‘ng keskin oshdi