
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi kecha JCh-2026 saralash bosqichi doirasida BAA bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan oʻyinda mezbonlar 1:0 natijasida zafar quchdi. Quyida mazkur qarama-qarshilikdan bir nechta faktlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
1. Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor Toshkentda BAA terma jamoasidan ustun keldi. Bunga qadar kechgan 4 ta uchrashuvning 3 tasida raqiblar gʻalaba qozongan boʻlsa, 1 ta oʻyinda durang qayd etilgan.
2. "Oq boʻrilar"ning magʻlubiyatsiz seriyasi 17 ta uchrashuvga etdi. Vakillarimiz soʻnggi bor 2023 yilning 10 sentyabr kuni safarda AQShga magʻlubiyatga uchragandi.
3. Otabek Shukurov oʻzaro uchrashuvlarda BAA darvozasiga gol urgan 14-futbolchi boʻldi. Oʻzaro oʻyinlardagi toʻpurarlarimiz bilan tanishing:
- Igor Sergeev 3
- Nikolay Shirshov 2
- Server Jeparov 2
- Timur Kapadze 1
- Navroʻzbek Alimov 1
- Shoxruh Gadoev 1
- Maksim Shatskix 1
- Ravshan Bazarov 1
- Farhod Tojiev 1
- Sanjar Tursunov 1
- Shuhrat Maqsudov 1
- Noʻ'mon Hasanov 1
- Viktor Karpenko 1
- Bobir Abdixoliqov 1
5. BAA terma jamoasi 10 yildan soʻng Toshkentga keldi. Jamoalar soʻnggi bor 2014 yil "Bunyodkor" stadionida toʻqnash kelishgan va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan.
6. Otabek Shukurov terma jamoa libosidagi 73-uchrashuvida 8-golini urdi.
7. Oʻzbekiston 10 yildan soʻng BAA bilan oʻyinda oʻz darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Soʻnggi bor 2014 yil oʻrtoqlik uchrashuvida terma jamoamiz raqibni 4:0 hisobida enggandi.
8. BAA terma jamoasi JCh-2026 saralashida mehmondagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi. Amirliklar safardagi 4 ta oʻyinning barchasida 3 ochko qoʻlga kiritgan edi.
9. "Oq boʻrilar" Osiyo kubogidan soʻng ilk bor raqib darvozasiga penaltidan gol urdi.
10. Oʻzbekiston Toshkentdagi ketma-ket 3 ta oʻyinda darvozasidan gol oʻtkazmadi.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar