O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yana bir FIFA mutaxassisi ish boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FAda "FIFA Iqtidorli murabbiylari" loyihasi doirasida yurtimizda doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi mutaxassisni tayinlash masalasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, bosh kotib Avaz Maksumov, O‘FA texnik direktori Gi Kiala, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va "FIFA Iqtidorli murabbiylari" loyihasi mutaxassisi Lars Hopplar ishtirok etishdi.
Ushbu loyiha doirasida doimiy faoliyat olib boruvchi mutaxassisning oldiga qo‘yiladigan vazifalar eshittirildi. Xususan, hududiy futbol akademiyalarini doimiy qo‘llab-quvvatlab borishi, iqtidorlarni rivojlantirish sxemasini ishlab chiqishi, "skauting" faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda murabbiylar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish kabi yo‘nalishlarni nazorat qiladi. Ushbu muhim vazifalarni sifatli nazorat qila oladigan nomzod FIFA tomonidan tavsiya etiladi. "FIFA Iqtidorli murabbiylari" loyihasi koordinatori bevosita "Milliy futbol markazi" da faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek futbolida ilk bor FIFA mutaxassislari doimiy asosda yurtimizda ish olib borishi, xalqaro tajribani tatbiq etishi futbolimiz rivoji yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jizzaxda Cobalt katta tezlikda ikki qizchani urib yubordi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi