23:23 / 20.10.2024
12

Sergey Lushchan: "Hisobda oldinga chiqib olish, biz uchun "tragediya"ga aylanmoqda"

Sergey Lushchan: "Hisobda oldinga chiqib olish, biz uchun "tragediya"ga aylanmoqda"
Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan so‘ng "Lochinlar" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi va bugungi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Biz raqibdan kutgan o‘yin bo‘ldi. Raqib bugun o‘zining kuchli jihatlarini namoyish eta oldi. Xulosalar ikki xil. Biz bir yarim taym davomida tayyorlagan barcha rejamizni amalga oshira oldik. Shu vaqt ichida juda yaxshi o‘ynadik. Standart vaziyatlar biz uchun penaltidek bo‘lib qoldi. Mening fikrimcha, bizning jamoamizda 4-5 nafar futbolchi ikkinchi qavatda juda yaxshi o‘ynay olishadi, ammo o‘yinda standartdan gol o‘tkazib yuboryapmiz. Gol urishimiz bilan o‘yinimiz yomonlashib bormoqda.

Biz birinchi bo‘lib gol urmasligimiz kerak ekan, bu biz uchun "tragediya"ga aylanmoqda. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin esa yana o‘yinga qaytmoqdamiz. Bu ruhiyatga bog‘liq. Ushbu muammoni hal etishga ko‘p marotaba harakat qildik, ammo befoyda. Gol urishimiz bilan himoyaga yotib olyapmiz. Natijadan qoniqdim, sababi ikki jamoa ham bugun munosib o‘yin namoyish etdi. Teng kurashli o‘yin bo‘ldi bugun", - dedi Sergey Lushchan.

- Jamoangiz o‘tkazib yuborgan tezkor gol o‘yinga qanchalik ta’sir o‘tkazdi?

- Albatta. Biz birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborishimiz kerak ekan(hazil tariqasida). Muhimi, birinchi bo‘lib gol urmaslik. Mashg‘ulotlarda ushbu jihat ustida ishlashimiz kerak. Gol urishimiz va hisobda oldinga chiqib olishimiz bilan darhol himoyalanmoqdamiz. Ushbu muammoning yechimini topa olmayapman. Mening murabbiylik iqtidorim ushbu masalani hal etishga yetmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: "Hisobda oldinga chiqib olish, biz uchun "tragediya"ga aylanmoqda"