15:19 / 21.10.2024
36

Kamoliddin Tojiyev: “Iroqqa faqat g‘alaba uchun keldik”

Kamoliddin Tojiyev: “Iroqqa faqat g‘alaba uchun keldik”
Foto: “Pakhtakor” FC
“Paxtakor” murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OCHL 3-turidan o‘rin olgan “Ash-Shorta”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Iroqqa g‘alaba uchun keldik. Shuni aytishim kerakki, raqib jamoaning OCHLdagi o‘yinlari ancha mazmunli. Umuman olganda bu turnirda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Ertaga ularga muxlislar ham yordam beradi. Stadion to‘ladi, deyishdi. Albatta, biz muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz”, deydi murabbiy.

Murabbiy tarkibdagi yo‘qotishlar haqida ham to‘xtaldi.

Faqat Diyor Xolmatov yo‘q. U milliy jamoa yig‘inidan jarohat bilan qaytgan. Qolgan hamma biz bilan. “Ash-Shorta” “An-Nassr” (1:1) bilan shunchaki zo‘r o‘ynadi. “Al-Hilol”ga (0:5) qarshi o‘yin bu — futbol. Sen ko‘p zarba berasan — gol bo‘lmaydi, ba’zan hujum qilmay ko‘p gol urasan”, deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, amaldagi O‘zbekiston chempioni o‘tgan ikki turda 1 ochko to‘pladi va 12 jamoa orasida 8-o‘rinni egallab turibdi.

“Paxtakor”ning Iroq klubiga qarshi uchrashuvi bugun, 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kamoliddin Tojiyev: “Iroqqa faqat g‘alaba uchun keldik”