Qirg‘izistonning amaldagi chempioni “Abdish Ata” klubiga hamyurtimiz Islom Ahmedov bosh murabbiylik qilayotganini unutmagan bo‘lsangiz kerak. O‘zbekistonlik mutaxassisning u yerdagi faoliyati muvaffaqiyatli ko‘rinishda davom etyapti.
Gap shundaki, kuni kecha Qirg‘iziston Superkubogi bo‘lib o‘tdi. Unda “Abdish Ata” klubi “Muras Yunayted”ga qarshi g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda Jirgalbek Uulu tomonidan 22-daqiqada kiritilgan gol yakunda “Abdish Ata”ga muhim g‘alabani taqdim etdi va Islom Ahmedov shogirdlari mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonlik murabbiy o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib kelayotgani quvonarli holat. U bundan tashqari mamlakat Kubogini ham yutdi. O‘tgan yili chempionlikka erishganini yuqorida yozib o‘tdik. E’tiborlisi, Ahmedov jamoasi bu yil ham navbatdagi chempionlikka juda yaqin turibdi. Boisi, “Abdish Ata” 23 ta turdan keyin 59 ochko bilan Qirg‘iziston chempionatida yakka peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan. Eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan “Dordoy”ni 10 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Islom Ahmedov qo‘li ostida Qirg‘iziston terma jamoasining ko‘plab futbolchilari ham to‘p surishyapti. Ayni paytda “Abdish Ata”ning eng qimmat futbolchisi Kristian Brauzman bo‘lib, transfermarkt portalida uning narxi 400 ming yevroni tashkil qilyapti. Yaqinda JCH saralashida Qirg‘iziston o‘z maydonida KXDRni 1:0 hisobida yengdi va yagona gol Brauzman hisobiga yozildi. Darvoqe, joriy mavsumning birinchi davrasini Samarqandning “Dinamo”sida o‘tkazgan ganalik hujumchi Emmanuel Yagr yana sobiq klubi – “Abdish Ata”ga qaytgan. Bu futbolchi aynan Islom Ahmedov qo‘li ostida yangi qirralarini namoyish qilgan.
“Abdish Ata” OFK Kubogining ortda qolgan mavsumida ham yaxshi qatnashdi. Islom Ahmedov jamoasi bilan musobaqaning yarim finaligacha yetib keldi. Avstraliyada “Sentral Kost Marines”ga 3:0 hisobida imkoniyat boy berildi. Yakunda esa ushbu klub OFK Kubogini yutdi.
Ushbu musobaqaning yangi mavsumni Ahmedov jamoasi 26 oktyabr kuni safarda Quvaytning “Al-Arabi klubiga qarshi boshlaydi. “Abdish Ata” “V” guruhida “Al-Arabi”dan tashqari Turkmanistonning “Arkadag” va Maldivning “Maziya” jamoalariga qarshi ham o‘ynaydi.
Superkubokni ham yutgan Islom Ahmedov bugungi kunda Qirg‘izistondagi reytingi baland murabbiylardan biri hisoblanadi. Uning “Abdish Ata” bilan qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari, yozayotgan yangi sahifalari hali bardavom ko‘rinishda bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas. 2023 yilning 20 sentyabrdan buyon qirg‘iz jamoasini boshqarib mamlakat chempionatida gegemonlik qilayotgan hamyurtimizni Superkubok bilan muborakbod etamiz.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi