Bugun o‘smirlar terma jamoamiz U-17 Osiyo chempionati saralash bosqichidagi o‘z ishtirokini boshlaydi. Shu o‘rinda ushbu musobaqa haqida eng kerakli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Navbatdagi U-17 Osiyo chempionati 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada jami 16ta terma jamoa ishtirok etadi. Osiyoda kvotalar oshgani sabab bu safar 8ta jamoa 2025 yil Qatarda o‘tkaziladigan U-17 jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi.
U-17 Osiyo chempionati saralash o‘yinlari 10ta guruhda olib boriladi va guruh g‘oliblari bilan birga 5ta eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalari ham Osiyo chempionatiga yo‘llanma oladi. Saralash bosqichi 10ta davlat mezbonligida kechadi.
A guruhi - KXDR, Eron, Suriya, Iordaniya (mezbon), Gonkong.
B guruhi - Kambodja (mezbon), Afg‘oniston, Filippin, Bangladesh, Makau.
C guruhi - Janubiy Koreya, Xitoy (mezbon), Bahrayn, Maldiv, Butan.
D guruhi - Tailand (mezbon), Hindiston, Bruney, Turkmaniston.
E guruhi - O‘zbekiston, Iroq, Xitoy Taypeyi, Falastin.
F guruhi - Yaponiya, Qatar (mezbon), Mo‘g‘uliston, Nepal.
G guruhi - Avstraliya, Indoneziya, Quvayt (mezbon), Shimoliy Mariana orollari.
H guruhi - Malayziya, Laos (mezbon), BAA, Livan.
I guruhi - Yaman, Vetnam (mezbon), Qirg‘iziston, Myanma.
J guruhi - Tojikiston, Ummon, Singapur (mezbon), Guam.
Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi E guruhida joy olgan bo‘lib, o‘smirlarimiz o‘z o‘yinlarini quyidagi tartibda o‘tkazadi.
23 oktyabr. O‘zbekiston - Falastin
25 oktyabr. Xitoy Taypeyi - O‘zbekiston
27 oktyabr. O‘zbekiston - Iroq
Buni qarangki, xuddi yoshlar terma jamoamiz kabi o‘smirlarimiz ham saralashni Xitoy Taypeyida o‘tkazadi. Bu yoshdagi terma jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov bo‘lib, yosh mutaxassis va uning shogirdlariga bo‘lajak bahslarda omad tilab qolamiz.
X.Xoliqov.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi