20:45 / 25.10.2024
28

Oltin to‘p - 2024: Qachon? Qayerda? Kimlar g‘oliblikka nomzod?

Oltin to‘p - 2024: Qachon? Qayerda? Kimlar g‘oliblikka nomzod?
Fransiyaning France Football jurnali tomonidan ta’sis etilgan “Oltin to‘p” - 2024 nufuzli mukofotini topshirish marosimi 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Tadbir Sena daryosi qirg‘og‘ida joylashgan Shatle teatrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Marosim davomida 2023/2024 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshiriladi:

«Oltin to‘p» (mavsumning eng yaxshi erkak futbolchisi)

Nomzodlar: Vinisius Junior («Real»), Rodri («Manchester Siti»), Kilian Mbappe («Real»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Jud Bellingem («Real»), Xarri Keyn («Bavariya»), Lamin Yamal («Barselona»).

«Oltin to‘p» (mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi)

Nomzodlar: Aytana Bonmati («Barselona»), Aleksiya Putelyas («Barselona»), Loren Jeyms («Chelsi»).

Kop sovrini (mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi U21)

Nomzodlar: Lamin Yamal («Barselona»), Arda Gyuler («Real»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»).

Yashin sovrini (mavsumning eng yaxshi darvozaboni)

Nomzodlar: Emiliano Martines («Aston Villa»), Janluiji Donnarumma («PSJ»), Yan Zommer («Inter»).

Gerd Myuller sovrini (mavsumning eng yaxshi to‘purari) — da’vogarlar ro‘yxati va g‘olibni aniqlash mezonlari e’lon qilinmagan.

Mavsumning eng yaxshi erkaklar jamoasi

Nomzodlar: «Borussiya» D (Germaniya), «Jirona» (Ispaniya), «Bayer» (Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya) va «Real» (Ispaniya).

Mavsumning eng yaxshi ayollar jamoasi

Nomzodlar: «Barselona» (Ispaniya), «Chelsi» (Angliya), «Nyu-Jersi/Nyu-York Gotem» (AQSHA), «Lion» (Fransiya) va «PSJ» (Fransiya).

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar futbolida)

Nomzodlar: Xabi Alonso («Bayer»), Karlo Anchelotti («Real»), Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi), Jan Pero Gasperini («Atalanta»), Xosep Gvardiola («Manchester Siti») ap Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi).

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi (ayollar futbolida)

Nomzodlar: Sonya Bompastor («Lion»/«Chelsi»), Artur Elias («Korintians»/Braziliya terma jamoasi), Jonatan Xiraldes («Barselona»/«Vashington Spirit»), Emma Xeys («Chelsi»/AQSH terma jamoasi), Filipa Patao («Benfika») va Sarina Vigman (Angliya terma jamoasi).

Barcha yo‘nalishlarda nomzodlarning to‘liq ro‘yxati bilan UYEFA rasmiy veb-saytida tanishib olishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oltin to‘p - 2024: Qachon? Qayerda? Kimlar g‘oliblikka nomzod?