Karim Benzema EChLda gol urish bo‘yicha Del Pyerodan o‘zib ketdi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema "Shalke"ga qarshi kechgan EChL o‘yinida gol kiritdi va o‘ziga hos natijaga erishdi.
Bu goldan so‘ng Benzemaning Chempionlar ligasidagi gollari soni 42 taga yetdi va bu borada kuchli o‘nlikka kirdi. Karim Benzema EChL to‘purarligi borasida "Yuventus" hujumchisi Alessandro Del Pyerodan o‘tib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bo‘lib turibdi. Ularning hisobida 75 tadan gol bor.
Manba: www.uff.uz































Izohlar 0
…