
A Seriyaning 9-turidan o‘rin olgan "Fiorentin" - "Roma" uchrashuvi mezbonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Kin dubl qilgan bo‘lsa, Beltran va Bovelar bittadan gol urishdi. Shu bilan birga, Xummels o‘z darvozasini ishg‘ol qilishga ham ulgurdi. Mehmonlar tarkibidan Kone javob qaytardi. Shomurodov esa maydonga tushirilmadi.
Mazkur mag‘lubiyatdan keyin rimliklar turnir jadvalida 11-o‘ringa tushib ketishdi. "Fiorentina" esa 4-pog‘onada.
"Fiorentina" — "Roma" 5:1
Gollar: 1:0 – 9 Kin, 2:0 – 17, penalti Beltran, 2:1 – 39 Kone, 3:1 – 41 Kin, 4:1 – 52 Bove, 5:1 – 71, avtogol Xummels.
"Fiorentina": De Xea, Gozens, Raneri, Komutsso, Dodo, Adli (Martines Kuarta, 74), Kataldi (Richardson, 56), Bove (Sottil, 66), Beltran (Kuame, 67), Kolpani, Kin (Ikone, 75).
"Roma": Svilar, Ermoso, Ndika, Manchini (Baldansi, 46), Dibala (Xummels, 67), Anxelino (Zalevski, 32), Pellegrini, Chelik, Kristante (Kone, 32), Pizilli, Dovbik.
Ogohlantirish: Manchini (42), Pizilli (50), Kone (57), Ermoso (60), Raneri (61), Kin (74).
Chetlatish: Ermoso (65). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.