20:33 / 28.10.2024
4

Superliga. "Nasaf" darvozaboni 101-daqiqada urgan gol evaziga "Dinamo"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Nasaf" darvozaboni 101-daqiqada urgan gol evaziga "Dinamo"ni mag‘lub etdi
Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv qarshiliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bellashuvning 55-daqiqasida Xislat Halilov hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Murod Rahmatov hisobni tenglashtirdi. Bahsning so‘ngida Abduvohid Ne’tmov g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa, samarqandliklkar o‘z uyida ochkosiz qoldi, "ajdarlar" esa Qarshiga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

Superliga, 22-tur
"Dinamo" — "Nasaf" 1:2
Gol
: 1:0 — 55, Xislat Xalilov (Markos Kayk), 1:1 — 89, Murod Rahmatov (Bobir Abdixoliqov), 1:2 — 90+11, Abduvohid Ne’matov (penalti).

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug‘bek Abdullayev (8.Xislat Xalilov, 46), 6.Jahongir O‘rozov, 7.Fransis Narx, 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoyev, 18.Dilshod Rahmatullayev (11.Markos Kayk, 46), 21.Anvarjon Xojimirzayev, 44.Dushan Miyich, 70.Maykon Duglas (23.Azizbek Ahmedov, 68), 77.Vohidjon Oqbo‘tayev.
Zaxira: 1.Farhod Rahmatov, 4.Muhammadali Tursunov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Sanjar Shoahmedov, 30.Abubakir Mo‘ydinov, 37.Firdavs Abdurahmonov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Dilshod Komilov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (44.Shahzod Akramov, 70), 9.Javohir Sidiqov (6.Murod Rahmatov, 54), 14.Sharof Muhitdinov (10.Bobir Abdixoliqov, 54), 19.Stefan Cholovich, 22.Igor Golban (28.Shuhrat Muhammadiyev, 70), 32.Zoran Marushich, 77.Oybek Bozorov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 21.Doniyor Narzullayev, 23.Kuach Yuel, 24.Sardorbek Bahromov, 88.Marko Stanoyevich.

Ogohlantirish: G‘olib G‘aybullayev (17), Vohidjon Oqbo‘tayev (29), Dilshod Komilov (80).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" darvozaboni 101-daqiqada urgan gol evaziga "Dinamo"ni mag‘lub etdi