22:07 / 28.10.2024
183

Mirjalol Qosimov: Nega bunday savol beraverasizlar?

Mirjalol Qosimov: Nega bunday savol beraverasizlar?
O‘zbekiston Superligasi 22-tur doirasidagi OKMK — "Neftchi" (2:1) o‘yinidan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va jamoasining mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ikki jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi va bugun qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Sababi "Neftchi" juda yaxshi himoyalana oladi va qarshi hujumga o‘tadi. Birinchi bo‘limda standart vaziyatdan o‘tkazib yuborgan golimiz bizga asosiy muammolarni keltirib chiqardi. O‘sha goldan so‘ng biz shoshqaloqlik qila boshladik. O‘yinning dastlabki qismida hisobni tenglashtirish uchun ikkita vaziyatimiz bor edi. Raqib darvozaboni Botirali Ergashev bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdi va o‘z jamoasiga yordam berdi.

Tanaffusdan keyin esa, o‘yinni boshqarishga harakat qildik, lekin "Neftchi" tartibli himoyalandi. Futbol shunday o‘yin, sen urmasang senga urishadi. "Neftchi" bugun haqli tarzda g‘alabani ilib ketdi. Jamoam so‘nggi daqiqalarga qadar kurash olib borgani meni xursand qildi, bu juda yaxshi jihat. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman va biz keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz
", - dedi Mirjalol Qosimov.

- Asosiy tarkibni tanlashda xato qildim deb o‘ylaysizmi?
- Nega bunday savollar beraverasizlar? Masalan, men xato qildim yoki yo‘q. Qaysi futbolchi maydonga tushish uchun yaxshiroq tayyor bo‘lgan bo‘lsa, men ularga imkoniyat berdim. Hammaga ham birdek yoqib bo‘lmaydi. Agar boshqa tarkib bilan ham mag‘lub bo‘lganimizda, yana shu savolni berishgan bo‘lar edi. Bu keraksiz savol deb o‘ylayman, to‘g‘risi.

- Mirjalol aka, ikkinchi bo‘limda Rahmonov va Ahmadaliyev o‘yinga qo‘shilganidan so‘ng jamoa o‘yini yaxshilandi...
- Birinchi taymda ham yaxshi o‘ynadik-ku. Biz standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. Eldor bugun ko‘p individual xatolarga yo‘l qo‘ydi. Gadoyev ham shoshqaloqlik qildi va ko‘p vaziyatlarda to‘pni yuqotdi. Shu sababli, tanaffusning o‘zidayoq o‘zgarishlarga qo‘l urdim. Bu futbol. Agar Botirali Ergashev ayrim bir vaziyatlarda jamoasini qutqarmaganida, o‘yin natijasi boshqacha bo‘lar edi. Ahmadaliyevning goli biroz kechroq urildi, menimcha.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: Nega bunday savol beraverasizlar?