22:26 / 28.10.2024
14

Vitaliy Levchenko: "Neftchi"ning natijalari muxlislarni xursand qilmayapti, afsuski"

Vitaliy Levchenko: "Neftchi"ning natijalari muxlislarni xursand qilmayapti, afsuski"
O‘zbekiston Superligasi 22-tur doirasidagi OKMK — "Neftchi" (2:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi va jamoasining bugungi g‘alabasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi. Intensiv va dinamik futbol guvohi bo‘ldik. Bir jamoa hujum qilgan bo‘lsa, ikkinchi jamoa yaxshi himoyalandi. Ijobiy natija qayd etganimizdan xursandman. G‘alabasiz seriyaga barham bera oldik. Bugungi uch ochko futbolchilarga yanada ko‘proq ishtiyoq taqdim etadi. Musobaqa jadvalidagi o‘rinlar uchun kurash yanada qiziydi", - deya ta’kidlab aytib o‘tdi Vitaliy Grigorevich.

- Bugun uchrashuvda asosiy tarkibda o‘zgarishlar bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- To‘liq ko‘nglim to‘ldi deya olmayman, sababi har doim vaziyatni yaxshilashga imkoniyat bo‘ladi. Imkon qadar maksimal tarzda xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Chiziqlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar bo‘lmasligi kerak. Jamoa o‘yini xuddi Shveysariya soatlari kabi aniq bo‘lishi kerak. Biz shunga intilamiz. Hozir esa xatolar bor, lekin bugungi natijadan xursandman.

- Bugungi g‘alaba jamoamiz tarixidagi 500-g‘alaba bo‘ldi. Ushbu tarixiy g‘alabani kimgadir bag‘ishlaysizmi?
- Birinchi navbatda bu g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. "Neftchi"ning natijalari muxlislarni xursand qilmayapti, afsuski. Mavsum avvalida, ular bizdan yaxshiroq natijalar kutishgandi. Jamoa a’zolari esa ushbu g‘alabani oila a’zolariga bag‘ishlashsa kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Neftchi"ning natijalari muxlislarni xursand qilmayapti, afsuski"