42
Vadim Abramov: "Shunday jamoa tuzishimiz kerakki, Samarqandda qachon mag‘lub bo‘lganimiz muxlislarni yodidan chiqib ketsin"
Superligada 22-tur yakunlandi. Turning so‘nggi bahsi Samarqandda kechdi. Unda "Dinamo" jamoasi "Nasaf"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- "Biz mamlakat chempioniga aylangan klub bilan yaxshi o‘ynadik. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Golgacha yaxshi o‘ynadik, vaholanki ikkinchi golni ham kiritgan edik, biroq uni inobatga olishmadi", - dedi Vadim Abramov.
- Bugun "Dinamo"ga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz? Ratino va Iminovning yo‘qligi sezildimi?
- Ularda jarohat bor. Menimcha, gol kiritguncha yaxshi o‘ynadik. Nega himoyaga yotib olib to‘pni tepib yuborishni boshlaganimizni bilmayman. Aslida o‘zimiz aybdormiz. Goldan keyin futbol o‘ynashni tugatdik. Tajribali futbolchilar to‘pni saqlab qolishi va jamoani oldinga boshlashi kerak edi.
- Jamoaning rejalari qanday?
- Uzuq-yuluq mavsum bo‘ldi. Xuddi mavsum tugagandek. Asosiy vazifamiz yigitlarning miyasini to‘g‘rilashimiz kerak. Avvalo, bu mavsumni yaxshilab tugatib olishimiz lozim. Keyingi yil uchun yil oxirida reja tuzamiz. Afsuski, bugun tushib qolgan holatimizga o‘zimiz sababchimiz. "Nasaf"ni tabriklaymiz. Ularda anchadan beri birga o‘ynayotgan tarkib bor. Xuddi ular singari oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo‘yishimiz kerak.
- Kelasi mavsumda rahbariyatni talablarida o‘zgarish bo‘ladimi?
- Albatta, biz ham bundan umidvormiz. Bu shaharda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Futbolga kelishadi. Ular bunga haqli. Shu o‘rinda muxlislarimizdan yana bir bor mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Shunday jamoa tuzishimiz kerakki, Samarqandda qachon mag‘lub bo‘lganimiz muxlislarni yodidan chiqib ketsin.
- Xislat Halilov gol kiritganidan so‘ng sizni oldingizga keldi. Bu yoqimli holatmi?
- Albatta, yigitlar harakat qilishmoqda. Xislat buni uddalayotganidan xursandman. To‘g‘risi, ko‘proq yoshlar jamoada bo‘lishini istayman. Agar Samarqandda yosh futbolchilar uchun mashg‘ulot va o‘yin o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilsa, iqtidorli futbolchilar juda ko‘p. Ularga imkon berish kerak.
- Kojoga bugun bir necha bor tanbeh berdingiz. Vaziyatni tushuntirib bera olasizmi?
- To‘g‘risi, uning terma jamoaga hammadan oldin ketib, hammadan keyin kelishi jahlimni chiqaradi. Bu borada u bilan suhbatlashib oldik. Tushunaman, bu terma jamoa, ammo klubga ham vaqtida kelish kerak. Bu o‘z-o‘zidan mashg‘ulot jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U bugun o‘ziga o‘xshamadi. Futbolni aldab bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi