09:47 / 02.11.2024
32

Fevzi Davletov: "Raqib hisobni saqlab qolishga harakat qildi. Haydarov kelajakda terma jamoaga chaqiriladi"

Fevzi Davletov: "Raqib hisobni saqlab qolishga harakat qildi. Haydarov kelajakda terma jamoaga chaqiriladi"
Superliganing 23-turida "So‘g‘diyona" maydonidagi g‘alabadan keyin "Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "So‘g‘diyona" birinchi bo‘limda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tufayli bizni jazoladi. Tanaffusda o‘yinga o‘zgarishlar kiritdik. Yigitlarga bitta gol urishimiz kerakligi va bundan so‘ng barchasi o‘zgarib ketishini aytdim. Xuddi "Lokomotiv"ga qarshi kechgan o‘yindek. Futbolchilar barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Fevzi Davletov.

- Birinchi bo‘limda "So‘g‘diyona" raqibdan ustunroq edi. Jizzaxliklarning yetakchi futbolchisi Vladimir Yovovich 61-daqiqada zaxiraga olindi. Ushbu o‘zgarishdan so‘ng raqibingiz o‘yinida pasayish kuzatilgandek. Ushbu fikrga qo‘shilasizmi?

- Fikrimcha, raqibimiz hisob bo‘yicha o‘ynashni boshladi. Ular ikkita to‘p oldinda edi, ammo 2:0 hisobi juda xavfli. Biz esa ko‘proq hujum qilishimiz kerak edi. O‘zgarish ham ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.

- "Surxon" matbuot xizmati Haydarovni terma jamoaga chaqirish kerak, deya hazil qildi. Yosh futbolchining so‘nggi bahslarda namoyish etayotgan o‘yiniga baho berib o‘tsangiz?

- Barchasi uchun vaqt kerak. Vaqti kelganda, u ham terma jamoaga chaqiriladi. U o‘z ustida ishlashda davom etsa, terma jamoaga chaqiruv olishiga ishonaman. U iqtidorli futbolchi. Uni maqtab qo‘yishim kerak.

- "Nasaf" muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Superliganing joriy mavsumi qanday o‘tdi deb o‘ylaysiz? Yangi chempion aniqlangani yaxshi bo‘ldimi?

- "Nasaf" chempionlikka loyiq edi va ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Oldinda uchta o‘yinimiz bor va imkon qadar musobaqa jadvalida yuqoriroq o‘rin egallashga harakat qilamiz.

- "Surxon" ikkita gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, markaziy himoyachilar juda yaxshi o‘yin namoyish etgandek hissiyot uyg‘ondi. Shu haqda to‘xtalib o‘tsangiz?

- Biz ikkita gol o‘tkazib yubordik-ku. Demak, yana ishlash kerak. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng, yana o‘yinga qayta olayotganimiz yaxshi jihat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov: "Raqib hisobni saqlab qolishga harakat qildi. Haydarov kelajakda terma jamoaga chaqiriladi"