Superliga 23-tur doirasidagi "Qizilqum" — "Dinamo" o‘yinidan so‘ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi. va o‘yin haqida quyidagi fikrlarini bildirdi.
— O‘yin og‘ir o‘tdi. Bahsda tezkor gol kiritib oldik. Bugun ham oddiy vaziyatda raqibga penalti ishlab berdik. Umuman olganda, yigitlarga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirish kerak.
Bundan tashqari, oldingi uchta o‘yinda mag‘lub bo‘lgandik, bu ham ta’sir qildi. Zaxira o‘rindig‘imiz esa katta emas. Muhim o‘yinchilarimiz yo‘q. To‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchimizni yutganimizni hisobga olsak, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Muxlislarni ham tabriklaymiz. Mavsumni tugatib olish va keyin kelajak haqida o‘ylash kerak.
— Anvar Hojimirzayev gol urganidan so‘ng muxlislar tomon yugurdi. U anchadan beri gol urmaganiga xavotirlanib yurgan bo‘lsa kerak.
— Ehtimol. Futbolchilarning xohishi quvonchini muxlislar bilan baham ko‘rish. Ular uchun o‘ynaymiz va shu sabab bu tushunarli holat.
— Bugun jamoalar teng o‘ynadi desak bo‘ladi. Ammo, "Dinamo" o‘tgan tur "Nasaf"ga qarshi yaxshiroq ko‘ringandi, bu nima bilan bog‘liq?
— Haqsiz, bu eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi. Oldin aytganimdek, uchta o‘yinni boy berdik va ularda asosan teng kurash kechgandi. Qayerdadir omadimiz kelmadi. Bugun ham gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng yigitlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonchsizlik boshlanadi. Jamoa raqib unga imkon berganidek o‘ynaydi. "Qizilqum" yoqimsiz jamoa. Ko‘rganingizdek, ular shunday o‘yin taklif qilishdiki, bu bizga to‘g‘ri kelmadi va ularning o‘yiniga moslashishga to‘g‘ri keldi. Markazda muhim futbolchilarning yo‘qligi ishonch bilan o‘ynashimizga to‘sqinlik qildi.
— "Dinamo" bunga qadar Superliganing uch favorit jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng bugungi o‘yinga ruhan va jismonan tayyorlanish qanday ro‘y berdi?
— Psixologiya doim o‘ziga qarshi tayyorlaydi. Bu yerda "Qizilqum"ni baholay olmadik deb bo‘lmaydi. Bu yaxshi jamoa va o‘tgan turda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi. Men o‘yin qiyin bo‘lishini bilardim va o‘tgan uchta o‘yindagi mag‘lubiyat turnir jadvaliga ta’sirini o‘tkazgandi. Ushbu o‘yinni yutishimiz shart va yaqin raqobatchimizga bizga yetib olib, o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi. Turnir jadvalidan kelib chiqsak, yigitlarga shunday o‘yinni o‘tkazganliklari uchun minnatdorchilik bildirish kerak. To‘g‘risini aytsam, bugun omad biz tomonda ham edi.
— Yil boshida futbolchilarni yig‘dingiz va mavsum tugamoqda. Ular haqida nima deya olasiz, necha foizi umidlarni oqladi?
— Seleksiya ishlarida xatolarsiz bo‘lmaydi. 90% demayman, ammo 60%ga topdik, 40%ga esa omadsizlik degan bo‘lardim. Shunday mavsum bo‘ldiki, unda yaxshiroq ishtirok etishimiz mumkin edi. Eslasangiz, kubokda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘ldik. Chempionatda ham shunday vaziyatlar bo‘ldiki, bugun biz boshqa o‘rinlar uchun kurashishimiz mumkin edi. Shu sabab aytish qiyin. Vaqt ko‘rsatadi.
— Keyingi yilga qanday rejalar? Rahbariyat bilan gaplashdingizmi?
— Bungacha Samarqand yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga ega bo‘lishi kerakligi aytilardi. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni xohlardim, men murabbiy sifatida buni xohlayman. Ammo, bu rahbariyatning bizga qilayotgan e’tibori muhim, uni kam demagan bo‘lardimu... Tushunaman, viloyatning o‘z muammolari bor. Futbol ijtimoiy jihatdan yuklaman bo‘ladigan narsa. Men so‘ragan yagona narsa mashg‘ulotlar jarayonini tashkillashtirish uchun baza edi. Mashg‘ulot maydonlari, mahalliy futbolchilar yetishmayapti. Mahalliy o‘yinchilar va maktabsiz raqobat qilish juda ham qiyin. Boshqalar takomillashmoqda, shu sabab shart-sharoitlar bo‘yicha boy klubmiz deb ayta olmayman. Shu sabab bizdan oldinda yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzolayotgan grandlar bor.
— Anvar Hojimirzayev bugun chempionatdagi 10-golini urdi. Uning O‘zbekiston chempionatidagi o‘zbekistonlik ichida eng yaxshi to‘purar ekanligini ta’kidlashdan charchamaymiz. Ammo, "Dinamo" u bilan shartnomani uzaytirmadi. Mish-mishlarga ko‘ra, unga "Navbahor" va hatto "Nasaf" qiziqish bildirayotgan ekan. Qachon u bilan bitim uzaytiriladi?
— Futbolchi omadli mavsum o‘tkazganda, unga qiziqish bo‘lishi tabiiy. Ammo, o‘yinchi ketmoqchi bo‘lganda, uni ushlab turish tarafdorimasman. Unga bu yerda qulay bo‘lishini ta’minlash kerak. Biz ham u xohlaydigan shartlarni bajarishimiz kerak. Futbolchilarning umri qisqa. Aytishadiku, baliq chuqurroq joyni, futbolchi esa yaxshiroq joyni izlaydi deb. Bu normal holat. Shu sabab, hozirda bu narsa unga bog‘liq. Unga taklif berishadi va u o‘ylab ko‘radi. Futbol shunday narsaki, hamma joyda ham omad kelavermaydi.
— Yaxshi futbolchilarning xaridorlari ko‘p. Futbolchi shartnomasiga yarim yil qolganda boshqalar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega. Sizning oldingizga kelib, boshqalar bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida boxabar qilganlar bo‘ldimi?
— Yo‘q, bundaylar bo‘lmadi. Hech kim bu borada oldimga kelgani yo‘q. Mish-mishlarni eshitamiz, ammo konkret narsa yo‘q. Bu normal holat. Ha, biz keyingi mavsum haqida ham o‘ylayapmiz. Ammo, oldinroq aytganimdek, o‘yinchini ushlab qolish tarafdori emasman.
— So‘nggi to‘rt o‘yinda "Dinamo" darvozasi tomon to‘rtta penalti qo‘yildi va hakamlar barcha epizodlar bo‘yicha sabablar aytishdi. Sizga o‘yinchilar bugun ham himoyada xato o‘ynagandek ko‘rinmadimi, masalan Vohid kabi. Ba’zida qo‘l bilan o‘ynashmoqda, ba’zida yengil kontakt.
— Bu shubhasiz maktabning yo‘qligidadir. Bolalar sport maktablarida futbolchilarga xos sifatlar yo‘q, shu sabab futbolchi shunday qarorlar qabul qiladi. O‘sha vaziyatda penalti bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Jarima maydonchasida shunday o‘ynash mumkinmi? Bu hatto kulguli, shu sabab hayron bo‘lmadim. Shu sabab almashtirdimmi? Faqat bu uchun emas. U maydonda noto‘g‘ri qarorlar qabul qildi. Unda ko‘rsatishi kerak bo‘lgan yaxshi sifatlar bor. Ammo, uning yomon sifatlari ko‘zga tashlandi va almashtirishimga shu sabab bo‘ldi.
— Hujumda Kojo va Hojimirzayev bor. Jamoa turli natijalar qayd etmoqda. Nega stabillik yo‘q?
— Zaxira o‘rindig‘imiz katta emas. Bir-ikki futbolchining jarohat olishi o‘yinimizga ta’sirini o‘tkazadi. Jamoamizdagi yetakchilarning o‘yinlari doim ham o‘xshayvermaydi. Ular ham odam, qaysidir o‘yinni muvaffaqiyatsiz o‘tkazishlari mumkin. Terma jamoalarda katta tanaffus bo‘ladi. Bu shunday mexanizmki, huddi avtobus haydovchisi bir oy ta’tilga ketsayu, qaytib kelganda undan qanday foydalanishini tushunib olishi uchun vaqt kerak bo‘lgandek. O‘yin amaliyoti yo‘q bo‘lgani ham ta’sirini o‘tkazadi. Ha, to‘g‘ri aytyapsiz, bizda stabillik yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi