55
Mirjalol Qosimov: "Natijadan qoniqqanim yo‘q, barchasini birinchi bo‘limda hal qilish kerak edi"
Superliga 23-tur doirasidagi "Metallurg" — OKMK (1:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin haqida quyidagicha fikr bildirdi.
— Biz uchun chempionat yakuniga yaqinlashgan sari o‘yinlar og‘ir tus olmoqda. Bugungi bahsda natijadan ham, o‘yindan ham qoniqmadim. "Neftchi"ga qarshi o‘tkazgan bahsimizning 2-taymidagi o‘yinning yarmini ham ko‘rmadim. Hammasini birinchi taymda hal qilish kerak edi. Qolaversa, Arixiro ham bir metrdan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etishi kerak edi. Gol urmasang barcha harakatlaring nolga teng. Bizdan pastdagi jamoalar ham ancha yaqinlashib qoldi. Bu esa asabiylikni oshiradi, shu sabab natijadan qoniqqanim yo‘q. Bugun derbiga xos o‘yin ko‘rdik.
— Ikkinchi o‘rin uchun imkoniyat qanday deb hisoblaysiz?
— Aytganimdek, o‘zimizni og‘ir vaziyatga tushirib qo‘ymoqdamiz. "So‘g‘diyona"ga qarshi Jizzaxda ham yomon o‘yin ko‘rsatmadik, faqatgina so‘nggi daqiqalarda standartdan to‘p o‘tkazib yubordik. "Neftchi"ga qarshi va bugungi o‘yinda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, asosiysi vaziyatlardan foydalanish kerak. Nima bo‘lgan taqdirda ham oxirigacha kurashamiz. Avvalambor, kombinatimizning 75 yillik bayramiga g‘alaba tuhfa etmoqchi edik, ammo doim ham istagan narsamiz ro‘y beravermaydi. Ularni bayram bilan tabriklaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi