2025 yilgi mavsumdan boshlab Superliga g‘olibligi uchun 16 klub kurash olib boradi. Bu esa tabiiyki o‘yinlar soninining oshishiga olib keladi. PFL mazkur format haqida tushuntirish berib o‘tdi.
“2019 yildan buyon Superligada 14 klub ishtirok etib kelayotgan bo‘lib, musobaqada o‘yinlar soni 182 tani tashkil etayotgandi. Kelasi mavsumdan boshlab esa o‘yinlar soni 240 taga yetadi. Ya’ni, har bir klub 15 tadan uy va safar uchrashuvida maydonga tushadi. Mamlakat kubogi uchrashuvlarini ham qo‘shib hisoblasa, Superliganing xalqaro maydonda ishtirok etmayotgan jamoasi uchun mavsum davomida minimum 33 ta rasmiy o‘yin kafolatlanadi.
Foto: PFL
Liga rejasiga ko‘ra, Superligada 16-o‘rin bilan kifoyalangan klub Proligaga tushib ketadi. 12-15-o‘rinlar esa musobaqadagi o‘rnini saqlab qolish uchun pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi. 12-o‘rinda borayotgan jamoaning ham xavf ostida bo‘lishi sovrinli o‘rinlar uchun kurashdan chiqishi mumkin bo‘lgan tahminan 6 tadan 10 tagacha klubni mavsum davomida xushyor bo‘lishga undashi mumkin.
Pley-off o‘yinlari finaldek o‘tishi uchun odatga ko‘ra har bir to‘qnashuv faqat bir martadan o‘tkaziladi. Uning birinchi bosqichida mavsumni 15-o‘rinda yakunlagan klub 12-jamoa maydoniga safar etadi, shuningdek, 13-o‘rindan joy olgan jamoa 14-jamoani o‘z uyida qabul qiladi. Ya’ni, mavsumni nisbatan yuqoriroq o‘rinda yakunlagan jamoaning imkoniyati bir oz ko‘proq bo‘ladi. Ammo yakunda pley-off ishtirokchilari orasida nisbatan yaxshiroq pozitsiyada turgan klub ham Superliga bilan xayrlashishi mumkinligini hisobdan chiqarmaslik kerak.
Birinchi bosqich g‘oliblari Superligadagi o‘rnini saqlab qoladi. Mag‘lub klublar esa ikkinchi bosqichda o‘zaro maydonga tushadi. Bellashuv mavsumni yuqoriroq o‘rinda yakunlagan jamoa maydonida o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichni ham mag‘lubiyat bilan yakunlagan jamoa pley-offning so‘nggi bosqichini Proliganing ikkinchi jamoasi maydonida o‘tkazadi.
Foto: PFL
Superliga ishtirokchilari sonining 16 taga yetkazilishi litsenziyalash talablari bilan bog‘liq hisoblanadi. Ya’ni, o‘tgan 5 yil davomida Liga aynan mana shu sabab tufayli 16 talik format taklifiga qarshi chiqib kelgan. Ammo so‘nggi ikki mavsum yakuniga ko‘ra O‘zbekiston OFK litsenziyalashida faollik ko‘rsatdi va bugunga kelib 19 ta klub OFK litsenziyasiga ega bo‘ldi.
Superliga uchun pley-off o‘yinlarini Superliga ishtirokchilari boshlab berayotgani ham bejizga emas. Boisi, musobaqada klublar soninining 16 taga yetkazilishi Proligada litsenziyalash bilan bog‘liq ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababdan pley-off o‘yinlariga Proliganing bir nechta klubini jalb etishga Liga hozircha tayyor emas. Shundan kelib chiqib, 2025 yilgi mavsumni Proliga g‘olibi sifatida yakunlagan jamoa Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olsa, musobaqaning ikkinchi jamoasi yarimta yo‘llanmani butun qilish uchun pley-off o‘yinlarida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi.
Liga shu va boshqa rejalarni tez orada o‘tkaziladigan O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida himoya qiladi”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?