51
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Osiyo Kubogi qur’a natijalari haqida nimalar dedi?
Foto: O‘FA
Xitoyning Shenchjen shahrida U-20 Osiyo Kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov qur’a natijalari va jamoaning tayyorgarlik rejasi xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Osiyo Kubogida barcha jamoalar yuqori saviyali hisoblanadi. Guruh bosqichidayoq kuchli jamoalarga qarshi kurash olib boramiz. Indoneziyaga kelsak, ularga qarshi o‘yin o‘tkazganmiz va jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. So‘nggi yillarda u yerda futbol yaxshi darajada o‘sishga erishdi. Ular musobaqada raqiblariga syurpriz qilishga harakat qilib ko‘rishadi, shu sababli bu o‘yin ham o‘ziga yarasha qiziq bo‘ladi. Yaman haqida hozir nimadir deyish qiyin. Eron bilan o‘yinlar esa so‘nggi paytlarda yangilik bo‘lmay qoldi, sababi — qaysi musobaqada bo‘lmasin, qaysi yosh toifasi bo‘lmasin Eron bilan doimiy o‘ynab kelmoqdamiz.
Xitoyda bizni juda ham muhim o‘yinlar kutib turibdi, barcha uchrashuvlarimiz finalga teng. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Osiyoning eng kuchli terma jamoalari kurash olib boradi. Shu sababli maydonda haqiqiy jang bo‘ladi, deyish mumkin.
Oldimizda qisqa vaqt qoldi. Tayyorgarlik bo‘yicha reja asosida davom etishimiz kerak, futbolchilarni ham jismoniy ham ruhiy tomonlama yuqori formada musobaqaga olib borish talab etiladi. Bizda mavsum yakunlanmoqda, biroq bu ustida ishlaymiz va ushbu muhim musobaqaga jamoani yuqori darajada tayyorlab borish bo‘yicha kerakli ishlarni qilamiz.
Eng muhimi, bizda ishonch bor. Men jamoamizga, futbolchilarga ishonaman. Ular avvalgi o‘yinlarda ham nimalarga qodirliklarini ko‘rsata olishdi. Tarkibimizda iqtidorli futbolchilarimiz juda ko‘p. Xudo xohlasa, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz", — deydi yoshlar jamoasi bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, U-20 Osiyo Kubogi 2025 yilning fevral oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini Yamanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?