00:21 / 08.11.2024
95

Vadim Abramov: "Futbol bizni jazoladi"

Vadim Abramov: "Futbol bizni jazoladi"
Superliganing 24-turi doirasida "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berilganidan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Mag‘lub bo‘lish alamli. Yana o‘z maydonimizda, so‘nggi daqiqalarda... G‘alabani istagandik. Futbol bizni jazoladi. Hisobda oldinda borayotgan paytimizda ikkinchi golni ham urishimiz kerak edi. Keyin bizning foydamizga bo‘lgan qaror chiqarildi. Gol urmaganimizdan keyin qabul qilib oldik. Hisob 1:1 paytida ham gol urishimiz mumkin bo‘lgandi. Lekin javoban bizning darvozaga to‘p kirdi. Futbolda bo‘lib turadi. Raqiblarni g‘alaba bilan tabriklayman", - dedi Vadim Karlenovich.

- Bugun jamoa o‘yinida ko‘plab noto‘g‘ri paslar bo‘ldi. Buning sababi nimada? Shuningdek, Anvar Hojimirzayevning almashtirilishi sababini ham aytsangiz.
- O‘yin yakunida u ortga qaytmay qo‘ydi. Bizda esa himoyada ishlar ko‘paygandi. Chapda o‘ynagan yosh bolakay futbolchimiz doim ikki raqibiga qarshi o‘ynadi. Uning qanotini kuchaytirishni istadik. Shuningdek, Anvarda kuch qolmagani ko‘rinib turgandi.

Paslar? Ayrim futbolchilar bugun o‘z pozitsiyalarida o‘ynamadilar. Bugun qaydnomada 19 futbolchi bo‘lgan bo‘lsa, zaxiraga jarohatlangan futbolchilarni ham qo‘shishga majbur bo‘ldik. Mana tanaffus yuzaga kelmoqda. Balki barcha sog‘ayib safga qaytar.

- Ratino va Salim Mustafoyevning tarkibda bo‘lmagani nima bilan bog‘liq?
- Ularda jarohat bor edi. Ularning bugun maydonga tushishini kutgandik. Lekin bunday bo‘lmadi. Ratino davolanishda davom etmoqda.

- So‘nggi o‘yinlarda jamoada ishtiyoq yo‘qdek ko‘rinmoqda.
- Ko‘ramiz. Hozir bu haqda gapirish juda qiyin. Futbolchilar biroz dam olishlari kerak. Bugun g‘alaba qozonishga harakat qildik, ko‘rdinglar. Vaziyatlar golga aylanmadi. Mavsumni yaxshi xissiyotlar bilan yakunlamoqchimiz.

- Hislat Halilovning goli haqida. Siz unga har doim uzoqdan tep deb ko‘rsatma berasizmi yoki bu o‘zining kreativligimi?
- Bu uning qobiliyati. Har o‘yinda shunday gol ur deb ayta olmayman. Bunday zarbalar unda doimo o‘xshaydi. Bu unda tabiiy qobiliyat. Bu borada uni shug‘ullantirish shart emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Futbol bizni jazoladi"