“Roma” yana tanqidlar ostida qolib ketdi. Poytaxt “bo‘rilari” Yevropa ligasi umumiy bosqichi to‘rtinchi turida Belgiyada “Yunion Sent-Jilluas” jamoasi bilan kuch sinashib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi va bir ochko bilan kifoyalandi.
Rim klubi matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurichning Sky Sport Studio jurnalistlariga bergan intervyusini e’lon qildi.
- Bu uchrashuvdan qanday xulosa chiqarish mumkin?
- Bizda ijobiy holatlar bo‘ldi, ba’zi narsalarni to‘g‘ri bajardik. Lekin salbiy vaziyatlar sifatida men yoqtirmaydigan past intensivlik ham kuzatildi. Natija qoniqarli emas, lekin quruq qaytgandan bir ochko yaxshiroq. O‘yin bobida qoniqish bo‘lgani yo‘q.
- Individual xatolar natijaga ta’sir qilyapti. O‘yinchilarni bunaqa xatolarga yo‘l qo‘yishi nima bilan bog‘liq?
- Haqiqatan xatolar ko‘p, lekin bu borada nima deyishni bilmayman. Bunaqasi bo‘lib turadi. Bu psixologiya bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Yigitlar borini beryapti, jon-jahdi bilan kurashyapti, lekin biz o‘zimizga tegishlisiga ega chiqolmayapmiz va vaziyat shunday bo‘layotganidan afsusdaman.
- Vaziyatlardan foydalanishda e’tibor yetishmadi, yaxshiroq harakat qilish mumkin edi...
- Fikringizga to‘liq qo‘shilaman. Biz zo‘r o‘yin o‘tkazdik, demayman. Ikkinchi bo‘limni juda yaxshi boshlagandik. Eldor Shomurodovda yaxshi vaziyat bor edi, keyin Tommazo Baldansining zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Gol ham urdik.
Afsuski, juda ko‘p individual xatolar uchun badal to‘lashga to‘g‘ri kelyapti. Futbol ana shunaqa. Shunday uchrashuvlar bo‘ladiki, yaxshi o‘ynay olmay turib, g‘alaba qozonish mumkin. Bizning g‘alaba qozonishga kuchimiz yetmayapti. Shu bilan birga zo‘r o‘ynashni ham eplay olmayapmiz.
- Bunga yechim bormi? Tanqid va bosimlardan qutilishning tezkor usulini bilasiz, deb o‘ylagandik...
- O‘zim ham shunday o‘ylagandim. Juda ijobiy jarayonlar ham bo‘ldi, lekin ishlarimizni yurishtirib yuboradigan natija qila olmadik. Bugun ham g‘alaba qozonish uchun ayrim vaziyatlarni yarata oldik, ammo har doim nimadir yuz beraveradi...
Tanqid va bosimlarning yuzaga kelayotgani tabiiyhol. Chunki ko‘rsatkichlarimiz yaxshi emas. Lekin kuchli bo‘lish, chidash va faqat oldinga qarab, harakat qilish lozim. Bu vaziyatdan chiqish uchun butun jamoa bo‘lib harakat qilish lozim.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” muxlislari mavsum boshida rimlik bosh murabbiy Daniele de Rossining kutilmaganda ishdan olinishiga haligacha e’tiroz bildirmoqda. Uning o‘rnini egallagan serbiyalik mutaxassis Ivan Yurich hali vaziyatni o‘nglay olgani yo‘q. “Roma” A Seriyada ham, Yevropa ligasida ham yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qila olmayapti.
Ayni paytda “Roma” mutasaddilari Ivan Yurich o‘rniga jamoani hozirgi murakkab vaziyatdan olib chiqa oladigan boshqa murabbiy qidirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya tomoni Donald Trampning g‘alabasiga izoh berdi
Tramp saylovda yutganini e’lon qildi: “Urushlarni to‘xtatmoqchiman”
Qirg‘iziston Isroilni xalqaro huquqqa rioya etishga chaqirdi
Tramp – AQSHning xorijda urush ochmagan yagona prezidenti
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlarni aytdi
Viktor Orban «Turkiy dunyo oliy ordeni» bilan mukofotlandi
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi