19:46 / 13.11.2024
54

O‘zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumani

O‘zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumani
Ertaga, 14 noyabr kuni O‘zbekiston MTJ JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Qatar mehmoni bo‘lishidan xabaringiz bor. Biroz avval "Jassim Bin Hamad" stadionining matbuot anjumani zalida terma jamoamiz yordamchi murrabiyi Vlado Radmanovich ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unga futbolchimiz Otabek Shukurov hamrohliq qildi.

"Srechko Katanes matbuot anjumaniga kela olmaganligi uchun uzr so‘raymiz. Uning sog‘lig‘i bilan kichik muammo bo‘lganligi uchun shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ustozimiz kela olmadi. Barcha savollarga o‘zim javob beraman. Ertaga bizning oldimizda muhim o‘yin kutib turibdi. Ikki terma jamoa uchun ham o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Biz ertangi o‘yinga tayyormiz", - dedi Vlado Radmanovich.

"O‘yinga tayyormiz, muhimi asosiy tarkib jam bo‘lgan. Men va jamoadoshlarim ertangi o‘yinga tayyorlar" - deydi Otabek Shukurov.

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan yetakchilik qilyapti. Osiyo Kubogining amaldagi g‘olibiga qarshi qanday o‘yin kutyapsizlar?
- Qatarni saralashdagi to‘rtta o‘yinini ko‘rib chiqdik. Bizning vazifamiz mag‘lubiyatga uchramaslik. Buni yaxshi natija deb aytgan bo‘lardik. Umuman olganda Qatar yaxshi terma jamoa. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi ham yaxshi holatda bu o‘yinga yetib kelgan.

- O‘zbekiston MTJ so‘nggi yillarda o‘sib boryapti. Har doim Sizlarga biroz omad yetishmay kelgan. Bugun siz qanchalik JCHga tayyorsiz?
- Biz uch yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgamiz. O‘zbekiston chempionati va legionerlarini yaxshilab kuzatgan holda bugungi tarkibni shakllantirganmiz. Menimcha, O‘zbekiston JCHga chiqishga tayyor.

- Qatar terma jamoasining bugungi holati yaxshi emas, aksincha O‘zbekiston yaxshi holatda. Bu ortiqcha bosim bermaydimi? Undan tashqari Qatarning hujum chizig‘i ancha kuchli. Sizlar bunga qarshi qanday chora ko‘rishingiz mumkin?
- Juda ham qiyin guruhdan o‘rin olganmiz. Har bir o‘yin biz uchun jiddiy. Eron, Qatar va BAA kabi terma jamoalarning saviyasi bir xil. Bitta xato uchrashuv natijasiga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini bilgan holda harakat qilamiz.

Otabek Shukurovga

- Ertangi o‘yin revansh rolini o‘ynaydimi?

- Osiyo Kubogi boshqa musobaqa. U yerda biz penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berganmiz. Bu lotoreya. Erangi o‘yin esa boshqa. Biz JCHga chiqish yo‘lida maydonga chiqamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumani