Foto: “O‘FA”
We Global Football nashri 5-tur o‘yinlaridan so‘ng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri JCH—2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.
Milliy jamoaning Qatarga uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng imkoniyatlari 84,8 foizga baholanmoqda. Qatarning to‘g‘ridan to‘g‘ri mundialga yo‘l olishiga 9 foizga yaqin.
Foto: We Global
O‘zbekistonning imkoniyati 4-turdagi g‘alabadan so‘ng keskin oshgandi — 93,1% (3-turdan so‘ng 82,8% edi).
5-turda O‘zbekiston milliy jamoasi mehmonda Qatarga (3:2) mag‘lub bo‘ldi. Eron jamoasi Laosda o‘tgan o‘yinda Shimoliy Koreyani mag‘lub etib ochkolari hisobini 13 ta yetkazdi. BAA Qirg‘iziston ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
We Global nashri guruh yetakchilari Eron, Yaponiya va Janubiy Koreyaning JCH—2026 ga borish imkoniyatini sal kam yuz foizga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng ham turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turni Shimoliy Koreyaga qarshi 19 noyabr kuni o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi