22:05 / 16.11.2024
24

“Roma” Shomurodovni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, natija esa...

“Roma” Shomurodovni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, natija esa...
“Roma”ni qabul qilib olgan Klaudio Raneri oldingi chiziqda kutilmagan muammolarga duch kela boshladi. Mavsum boshidan rimliklarning hujumida o‘yinchi yetishmasligi masalasi hal etilmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kuni kecha 31 yoshga to‘lgan Paulo Dibala mushak bilan bog‘liq muammolar tufayli hali mashg‘ulotlarni boshlagani yo‘q. Klaudio Raneri argentinalik jahon chempionini jamoa hujumlarining asosiy figurasiga aylantirishni reja qilayotgan edi. “Roma”dagi vaziyat bo‘yicha bir necha manbalar so‘nggi ma’lumotlarni tarqatmoqda.

LORЕNSO SASSI, SIAMOLAROMA.IT portali eksperti:
Paulo Dibala mushaklaridagi og‘riq tufayli jamoaning oxirgi ikki o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi. U hali mashg‘ulotlarga kirishgani yo‘q. Klubning texnik va tibbiy bo‘limlari xodimlari argentinalik yulduzni 24 noyabr kuni “Napoli” bilan bo‘ladigan muhim o‘yingacha oyoqqa turg‘azishga harakat qilmoqda.

Yana bir yo‘qotish Eldor Shomurodov bilan bog‘liq. Qatar va O‘zbekiston milliy terma jamoalarining o‘zaro uchrashuvida jarohat olgan hujumchi Rimga qaytib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, o‘zbekistonlik legioner uch hafta atrofida maydonga tusha olmaydi.

LAROMA24.IT:
“Roma” Eldor Shomurodovning ahvolidan xavotirda. Markaziy hujumchi Qatar va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuvni 21-daqiqadayoq tark etishga majbur bo‘ldi. Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib, “Roma” hujumchisi yuzini libosi bilan yopib oldi va alamli ko‘z yosh to‘kdi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Eldor Shomurodov 19 noyabrga belgilangan Shimoliy Koreyaga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmasligini bildirib, uni Rimga qaytarib yubordi va tezroq tuzalib, yana maydonga qaytishini tiladi.

CALCIOMERCATO.COM:
“Roma” ixtiyoriga yetib kelgan Eldor Shomurodov tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi va unga tashxis qo‘yildi. Shomurodovning chap oyoq son mushaklari shikastlangan va hujumchi ikki haftadan ko‘proq vaqt mobaynida davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Eldor Shomurodov “Napoli”, “Tottenxem” va “Atalanta”ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Markaziy hujumchi 7 dekabrga belgilangan “Lechche” bilan bo‘ladigan bellashuvda maydonga tushishiga umid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Eldor Shomurodov “Roma” safida A Seriya va Yevropa ligasida jami o‘nta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist rasmiylashtirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma” Shomurodovni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, natija esa...