UFCning og‘ir vazndagi chempioni Jon Jons navbatdagi raqibi borasida fikrini bildirdi.
«Men Aspinall bilan jangga ahamiyat qaratmayapman. Menga Aleks Pereyra kerak. Bu men istagan jang. Agar UFC meni olib qolmoqchi bo‘lsa, shu jangni men uchun tashkil qilib berishi kerak. Men o‘z rejamni aniq aytdim. Endi hamma gap UFC rahbarlarida qoldi. Buning uchun kerak bo‘lsa, men og‘ir vazndagi kamarimni egasiz qoldiraman.
Menga superjanglar kerak. Ortiq yangi jangchilar bilan urushmayman. Men xavfli chempionlar bilan jang qilmoqchiman. Tom og‘ir vazndagi UFC chempionlik kamarini olib ketishi mumkin. Menga farqi yo‘q. Menga yarimog‘ir vazn chempioni Aleks Pereyrani bering. Bu men istayotgan yagona jang.
Balki, muxlislarga bu yoqmas, lekin men o‘z qarorimni aytdim. Xohlasangiz, meni qo‘rqoqlikda ayblang. Agar bugun jangim so‘nggisi bo‘lsa, unda roziman. Chunki men o‘z prezidentim Donald Tramp oldida kamarimni himoya qildim», — degan Jons.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQSHning Nyu-York shahrida raqamlangan UFC 309 turniri o‘tkazildi.
Oqshomning markaziy jangida og‘ir vazn chempioni Jon Jons Stipe Miochichni texnik nokaut bilan taslim etdi. Jons mazkur jangi uchun 15 mln AQSH dollaridan ko‘proq pul oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi