12
Bahodir Jalolov: “Menga chempionlik jangini berishsa, har qachon uni bajonidil qabul qilaman”
Ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida havaskor boksdagi faoliyatiga yakun yasadi.
Big Uzbek endi bor e’tiborini professional boksga qaratishi aytilgandi. Bokschi MOQ matbuot xizmatiga bergan intervyusida terma jamoada o‘rniga kimni munosib nomzod deb bilishini aytdi.
“Jamoamizda kuchli va iqtidorli yigitlar ko‘p. Shaxsan o‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, Jahongir Zokirov asosiy bokschiga aylansa kerak. Unda bu uchun barcha imkoniyat, kuch va texnika yetarlicha. Uning kelgusi Olimpiadada ham natija ko‘rsatishiga ishonaman”, deydi Bahodir Jalolov.
– Siz uchun professional boksda eng og‘ir vaznda qaysi yo‘nalish kamari nufuzliroq?
- Hamma kamarning o‘ziga yarasha tarixi, nufuzi bor. Men uchun ular orasida WBC yo‘nalishi ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Chunki ko‘p chempionlar yashil rangdagi shu kamarni orzu qilishgan. Shuning uchun WBC kamari nisbatan obro‘liroq tuyuladi.
– Professional boksda kamar qo‘lga kiritishingiz uchun qancha vaqt kerak deb o‘ylaysiz?
- Hozir hech narsa deb bo‘lmaydi. Menga chempionlik jangini berishsa, har qachon uni bajonidil qabul qilaman. Balki bu yaqin oylarda bo‘lib ketar. Balki 1 yil yoki 2 yil talab etilar, bilmadim. Aytganimdek, vaqt bo‘yicha hech narsa deb bo‘lmaydi. Lekin men doim bunga tayyor turaman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?
Mirjalol Qosimov: "Natijadan ham o‘yindan ham qoniqdim"
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi