15:23 / 24.11.2024
1

Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi

Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi
Angliya Premer-ligasining 12-turida “Manchester Siti” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Tottenxem”dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu natija “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga murabbiylik faoliyatidagi bir necha antirekordlarni keltirdi.

Squawka statistika markazining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida o‘z maydonida ilk bor to‘rtta gol farqi bilan mag‘lub etildi.

Gvardiola avval “Barselona” va “Bavariya”da ishlagan kezlari ham bunday sharmandali mag‘lubiyatga duch kelmagan.

Bundan tashqari, Gvardiola o‘zi to‘qnash kelgan jamoalar orasida eng ko‘p “Tottenxem”dan jabr ko‘rgan. “Shporlar” uning jamoasini to‘qqiz marotaba mag‘lub etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi