
Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" Elit Chempionlar ligasi 5-turi doirasida "Istiqlol" bilan o‘ynaydi. Uchrashuvdan avval "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix va himoyachi Hojiakbar Alijonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Istiqlol"ni o‘rganish va tayyorgarlikka ko‘p vaqtimiz bo‘lmadi, lekin imkon qadar raqibni tahlil qildik. O‘yin ikkala jamoa uchun ham juda muhim sanaladi. Har bir ochkoning qadri katta. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatgan holda ijobiy natija qayd etishga intilamiz.
Raqib safida deyarli barcha hujumlarni Masharipov tashkil qilayotganini aytgan bo‘lardim. Umid qilamanki, ertaga uning kuni bo‘lmaydi va biz uni to‘xtata olamiz. Bellashuvda rejalarimizni ishga solib, kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz", - dedi Shatskix.
"Ertangi bahs har ikki jamoa uchun juda muhim va g‘alabaning ahamiyati yuqori. Biz bor kuchimizni berib, uyga g‘alaba bilan qaytish va ishqibozlarimizni xursand etishga urinamiz", - dedi Hojiakbar Alijonov.
Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar