19:23 / 25.11.2024
8

"Yirtqich" ovga chiqdi...

"Yirtqich" ovga chiqdi...
2025 yil 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda WBC yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Shakur Stivenson meksikalik Uilyam Cepedaga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi.

Ammo meksikalik sportchi jarohat olgani bois jangni tark etdi. Shundan so‘ng "yirtqich" laqabi bilan tanilgan sobiq mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos mazkur bo‘shliqni to‘ldirishga qaror qildi.

"Barcha muxlislar Stivenson va Cepeda jangini ko‘rishni xohladi, ammo bu amalga oshmayapti va hozircha imkonsiz bo‘lgani uchun men Shakur bilan kurashishni istardim. Cepeda Tevin Farmer bilan ajoyib, ammo og‘ir jang o‘tkazdi. Shu bois u sog‘ligini tiklash uchun vaqt ajratgani yaxshi", - deya Kambososning so‘zlarini keltirdi "BoxingScene".

Eslatib o‘tamiz, Shakur Stivenson o‘zining so‘nggi jangida germaniyalik Artyom Arityunyanni ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yirtqich" ovga chiqdi...