Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” 14-turni Vigo shahrida “Selta” qarshi o‘tkazib, g‘alabani boy berdi.
Birinchi bo‘lib bir juft gol urgan kataloniyaliklar o‘yin oxirida ikki daqiqa ichida ikkita to‘p o‘tkazib yubordi. Dastlabki golda Jyul Kunde xatoga yo‘l qo‘ydi. Gavi matbuot orqali fransiyalik jamoadoshini tanqid qildi.
- Birinchi o‘tkazib yuborgan golimiz – hazilning o‘zginasi bo‘ldi. Kunde to‘pni tepib yuborishi kerak edi. Futbol o‘ynashni o‘rganishimiz kerak, - dedi Gavi jamoadoshining xatosiga munosabat bildirib.
Bu holat bosh murabbiy Xans-Diter Flikka yoqmadi. Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, germaniyalik mutaxassis hamon Jyul Kundega ishonch bildirishini va uni jamoaning eng mas’uliyatli o‘yinchilaridan biri sifatida boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatishini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi