
Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun yomon o‘ynamadik. Vaziyatlarni realizatsiya qilishda oqsadik. Golsiz esa albatta nimadir qilish qiyin", - deydi Shatskix.
- "Paxtakor" uchun bugungi o‘yin hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Bu narsa motivatsiyaga to‘sqinlik qilmadimi?
- Motivatsiya nima uchun bo‘lmasligi kerak? Bugungi tarkibni ko‘rdingiz, bugun asosiy jamoaning zaxirasini nimalarga qodirligini ko‘rmoqchi edik. "Paxtakor" tarkibidagi aksariyat futbolchilar futbolchilik sifatlariga ega bo‘lmagan tarzda sun’iy ravishda ushlanib turibdi. Shuning uchun to‘g‘ri xulosa qilsak oldinga rivojlanamiz. Men gapimga javob beraman. Murabbiy esa har doim yomon. Futbolchilar o‘zining o‘yinini tahlil qilmasa, xulosa chiqarmasa o‘sishga erishmaydi. Bu haqida doim gapiraman. Bugun ham o‘yindan oldin aytdim. Yaxshi maydon va shunga mos raqib. Marhamat o‘zingizni ko‘rsating. Takrorlayman yomon o‘ynamadik. Futbolchilarda qayerdadir mahorat yetishmadi. Bugun ular o‘z harakatlarini tahlil qilsa, ertaga boshqacha bo‘lib tushadi.
- Jamoaning yoshlar va o‘rinbosarlari chempion bo‘ldi. "Paxtakor"da ertangi kun uchun yaxshi zaxira yetishib chiqmoqda. Ularni kuzatyapsizmi? Jamoani yoshartirish jarayonida tarkibda 2-3 nafar yoshi katta futbolchilar ham bo‘lishi kerak deb o‘ylayman...
- Bugun o‘ynagan yoshlarimiz eng yaqin zaxiramiz hisoblanadi. U-19, U-21 chempion bo‘lgani yaxshi albatta. O‘rinbosarlarning barcha o‘yinlarini kuzatib boraman.
- Siz U-19 o‘yinini ko‘rdingizmi?
- Final uchrashuvini stadiondan kuzatdim...
- 2007 yillar o‘zidan kattalar bilan bitta ligada o‘ynamoqda. Buning natijasini ko‘ramiz, chunki U-19 va U-21, asosiy jamoa bir-biridan farq qiladi. Futbolchi o‘sishni istasa atrof muhitini o‘zgartirishi kerak. Faqat bizda emas, boshqa davlatdarda ham shunday. Hayotga bo‘lgan qarashini o‘zgartirishi kerak. O‘zining maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yishi lozim. Kim birinchi jamoaga qo‘shiladi? Buni vaqt davomida ko‘ramiz. O‘rinbosarlardagi hammani bilaman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar