date
views 78

Osiyo chempionati. Mirazizbek Mirzahalilov xitoylik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi

Osiyo chempionati. Mirazizbek Mirzahalilov xitoylik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi
Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi ASBC Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari start oldi.

57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Mirazizbek Mirzahalilov turnir doirasida nimchorak final jangini o‘tkazdi.

Xitoy vakili Dicheng Liga qarshi kechgan jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Mirazizbek 5:0 hisobida zafar quchdi. Endilikda vakilimiz chorak final doirasida 5 dekabr kuni tojikistonlik Husravxon Rahimov bilan to‘qnash keladi.

Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli Mirazizbek Mirzahalilov faoliyati davomida 2019 yil Bangkokda (Tailand) o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin, 2021 yil Dubayda (BAA) o‘tkazilgan birinchilikda kumush medalga ega chiqqan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati. Mirazizbek Mirzahalilov xitoylik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi