
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etyapti.
Bugungi kun doirasida, 51 kg vaznda ishtirok etayotgan Asilbek Jalilov Mo‘g‘iliston vakili Davadorj Likhagvadorj bilan o‘zaro jang qildi. To‘liq 3 raund mobaynida raqibidan ko‘ra aniqroq harakat qilgan bokschimiz yakunda ochkolar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir hamyurtimizning jangi kutib turibdi. 63 kg vazndagi bokschimiz Dilfuza Bekova qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga qarshi kurash olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar