16:13 / 04.12.2024
22

Denis Korostichenko: "Birgina standart hammasini hal qilib ketdi"

Denis Korostichenko: "Birgina standart hammasini hal qilib ketdi"
Superliga o‘tish o‘yini doirasidagi "Sho‘rtan" – "Olimpik" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘yin haqida
- Avvalambor, "Sho‘rtan"ni g‘alaba bilan tabriklayman! Bitta gol o‘yin taqdirini hal etdi. Boshqa hech narsa deyolmayman.

- "Sho‘rtan" darvozasi oldida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Sizningcha o‘sha holatda penalti bormidi?
- Men hakamlar qarori bo‘yicha fikr bildirolmayman. Vaziyatni Ekspert-hakamlar komissiyasi o‘zi ko‘rib chiqadi.

- Bugungi o‘zgarishlar o‘zini oqladimi? Qandaydir taktik o‘zgarishlar qilishga urindingiz...
- Yigitlar o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. Oldinda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Birgina standart hammasini hal qilib ketdi. Futbolchilarga ortiqcha e’tirozim yo‘q.

- "Olimpik" o‘tish o‘yiniga ruhan tayyor emasmidi yoki charchoq alomatlari bormidi?
- Ham ruhan, ham jismonan tayyor edi.

- Bugun g‘alabani qo‘lga kiritishda "Sho‘rtan"ning omadi keldi deb o‘ylaysizmi?
- Omad demagan bo‘lardim. Futbolchilarimiz 1 soniya diqqat-e’tiborni yo‘qotishdi va bu golga sabab bo‘ldi. "Sho‘rtan" darvozamiz oldida aytarli vaziyatlar yaratmagandi.

- Kelajakda "Olimpik" murabbiyi sifatida qolasizmi?
- Hozircha bir narsa deyolmayman. Hali oldinda bitta o‘yinimiz bor. Agar Superligada qolish masalasini hal etsak, rahbariyat bu masalani o‘rganib chiqadi. Jamoamizning maqsadi – Superligada qolish. Keyingi bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Korostichenko: "Birgina standart hammasini hal qilib ketdi"