
Biroz avval Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining final bahslari boshlandi.
Ushbu hal qiluvchi janglarning dastlabkisida hamyurtimiz 48 kg da Shodiyorjon Meliqo‘ziyev va Qozog‘iston vakili Sanjar Tashkenbay bilan qit’ada kim tengsiz ekanligiga oydinlik kiritishdi.
1-raundda ustunlikka erishgan bokschimiz, 2-raundda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hal qiluvchi raundda Shodiyorjon raqibini nokdaun holatiga tushirdi va yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar