Osiyo chempionati. Asilbek Jalilov Filippin vakilini taslim qildi va chempionga aylandi

Osiyo chempionati. Asilbek Jalilov Filippin vakilini taslim qildi va chempionga aylandi
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kun doirasida, 51 kg vazn toifasida Asilbek Jalilov Filippin vakili Marvin Tabamo bilan o‘zaro jang qildi. Bahs Asilbekning katta ustunligida kechdi. To‘liq 3 raunddan so‘ng yurtdoshimiz hakamlarning bir ovozdan qarori bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa Asilbek Jalilov Osiyo chempioniga aylandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar