Abbosbek Fayzullayevning ham transfer qiymati yaxshigina oshdi

Abbosbek Fayzullayevning ham transfer qiymati yaxshigina oshdi
12 dekabr holatiga ko‘ra Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati 8 million yevroni tashkil qildi.

Transfermarkt portalining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayevning narxi 2 million yevroga qimmatladi.
Abbosbek Fayzullayevning ham transfer qiymati yaxshigina oshdi
Bugunga qadar 6 million yevroga baholangan hujumchimiz uchun bu juda yaxshi natija. Legionerimiz joriy mavsum SSKA safida 16 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida ushbu mavsumda 2 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.

Ma’lumot uchun, 10 dekabr kuni Abduqodir Husanovning transfer narxi sezilarli darajada o‘sib 12 million yevroni tashkil qilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar