date
views 348

JCH—2026. Yevropa saralash bosqichiga qur’a tashlandi

JCH—2026. Yevropa saralash bosqichiga qur’a tashlandi
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Qur’adan avval terma jamoalar 5 ta savatga ajratildi. Saralashda ishtirok etuvchi jamoalar 12 ta guruhga taqsimlandi va har bir guruhda 4-5 ta jamoa o‘ynaydi.

JCH-2026ga guruh g‘olibi bo‘lgan 12 milliy jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi. Qolgan 4 ta yo‘llanma egasi 2026 yil mart oyida o‘tadigan pley-off o‘yinlari orqali aniqlanadi.

Unda guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni olgan 12 jamoa va Millatlar ligasida guruh g‘olibi bo‘lib, chempionatga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l ololmagan yoki pley-offga chiqmagan 4 ta eng yaxshi jamoa ishtirok etadi.

Foto: UYEFA
Qur’a yakunlariga ko‘ra, guruhlar quyidagi jamoalardan tashkil topdi:

A guruhi: Germaniya – Italiya o‘yini juftligi g‘olibi, Slovakiya, Shimoliy Irlandiya, Luksemburg.
B guruhi: Shveysariya, Shvetsiya, Sloveniya, Kosovo.
C guruhi: Portugaliya – Daniya juftligi mag‘lubi, Gretsiya, Shotlandiya, Belarus.
D guruhi: Fransiya – Xorvatiya juftligi g‘olibi, Ukraina, Islandiya, Ozarbayjon.
E guruhi: Ispaniya – Niderlandiya juftligi g‘olibi, Turkiya, Gruziya, Bolgariya.
F guruhi: Portugaliya – Daniya juftligi g‘olibi, Vengriya, Irlandiya, Armaniston.
G guruhi: Ispaniya – Niderlandiya juftligi mag‘lubi, Polsha, Finlyandiya, Litva, Malta.
H guruhi: Avstriya, Ruminiya, Bosniya va Gersegovina, Kipr, San-Marino.
I guruhi: Germaniya – Italiya juftligi mag‘lubi, Norvegiya, Isroil, Estoniya, Moldova.
J guruhi: Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya, Qozog‘iston, Lixtenshteyn.
K guruhi: Angliya, Serbiya, Albaniya, Latviya, Andorra.
L guruhi: Fransiya – Xorvatiya juftligi mag‘lubi, Chexiya, Chernogoriya, Farer orollari, Gibraltar.

JCH-2026 saralash bosqichi 2025 yil mart oyidan noyabr oyigacha bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2026. Yevropa saralash bosqichiga qur’a tashlandi